O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni muhim siyosiy tadbir — prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 mart kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Serdar Berdimuhamedov 72,97 foiz ovoz bilan mamlakatning yangi rahbari etib saylangani ma’lum qilingan edi. Sardor Berdimuhamedov Turkmanistonning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li hisoblanadi. U 40 yoshida mazkur lavozimni egalladi.