O‘zbekistonda elektron va telekommunikatsion uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mvizion kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritildi. O‘tgan yil oxirida kompaniyaga AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan ham cheklovlar qo‘llangandi.
AQSh prezidenti Jo Bayden muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi, hozirda uning faoliyatini davom ettirayotgan Yuliya Navalnaya bilan uchrashdi. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar yetakchisi AQSh Navalniyning o‘limi tufayli Putinga qarshi sanksiyalar joriy qilishini ta’kidladi.
Yevropa Ittifoqi “Mikrotex” egasi va bosh direktori Andrey Xoxlunga nisbatan sanksiya kiritdi. O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkor Yevropadan yarimo‘tkazgichlarni reeksport qilish orqali Rossiya harbiy sanoatiga yordam berishda ayblangan. sentabrda AQSh ham Xoxlunni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.
Buyuk Britaniya hukumati “Rossiya harbiy texnikalari”ni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan shaxslar va tashkilotlarga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.
AQSh O‘zbekistonda tug‘ilgan ikki rossiyalik shaxs — milliarder Iskandar Maxmudov va tadbirkor Andrey Xoxlunni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular haqida nimalar ma’lum?
YI Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketini qabul qildi. Energetika, transport va savdo sohalarida yangi cheklovlar joriy etilmoqda. Rossiya mudofaa kompleksini qo‘llab-quvvatlagani uchun uchinchi davlatlarning 87 ta korxonasi, jumladan, O‘zbekiston kompaniyalari ham sanksiyalarga uchradi.
Qozog‘iston va Armaniston banklari Rossiya kompaniyalarining parallel import orqali yetkazib berilayotgan elektronika uchun to‘lovlarini bloklashni boshladi. “Kommersant”ning xabar berishicha, yetkazib beruvchilar elektronikani boshqa tovar kodlari ostida import qilishga harakat qilmoqda.
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi: “qora ro‘yxat”da 100 dan ortiq kompaniya, o‘nlab jismoniy shaxslar, shuningdek, eksport embargosi ostida bo‘lgan 1000 dan ortiq turli tovarlar mavjud. Rossiya TIV bunga javoban 500 nafar amerikalik, jumladan, Barak Obamaning mamlakatga kirishini taqiqladi.
AQSh Alisher Usmonovning USM xoldingi va unga aloqador kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ular orasida “Ohangaronsement”, Ucell ulushiga ega bo‘lgan Digital Invest va O‘zbekistondagi markalash tizimining operatori va boshqalar bor. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari ham sanksiyalar ostida qolgan.
Qozog‘iston apreldan Rossiyaga reeksport qilish uchun mamlakat orqali o‘tadigan tovarlarni kuzatishni boshlaydi, deb yozadi Financial Times. Bu chora-tadbirlar G‘arbning xorijiy kompaniya va shaxslarning Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berishiga yo‘l qo‘ymaslik istagi fonida ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
AQSh Moliya vazirligi sanksiyalariga tushgan 10 nafar shaxs ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarosi Maks Piflaks ham bor. U «Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha cheklovlardan qochayotgan» shaxs sifatida qayd etilgan.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unda Rossiya neftining uchdan ikki qismiga embargo qo‘llash, Sberbankni SWIFT tizimidan uzish va yana uchta davlat telekanalining ittifoq hududida translyatsiyasini taqiqlash ko‘zda tutilgan.
Apelsin raqamli banki xabariga ko‘ra, rublda pul mablag‘larini yuborish va qabul qilish yuqori volatillik sababiga ko‘ra vaqtincha cheklangan. VISA, Mastercard va Western Union pul o‘tkazmalari odatdagi tartibda ishlamoqda.
Buyuk Britaniya tomonidan Rossiyaning beshta bankiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi munosabati bilan, ushbu banklarda ro‘yxatdan o‘tgan hisob raqamlariga o‘tkazilgan har qanday mablag‘lar qaytarilishi yoki muzlatilishi mumkin. InfinBank matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha aniq ma’lumotlar yoki aniq ssenariylar yo‘q. «Bank o‘z mijozlarini ushbu holat bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishga qaror qilgan», — dedi u.
Yevropa Ittifoqi va AQSH Belarusda yuz berayotgan namoyishlar ishtirokchilariga zo‘ravonliklar qo‘llanilayotgani sababli mamlakat rahbarlariga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Belarus shaharlarida esa ayollar qo‘llarida gul tutgan holda tinch namoyishlarni davom ettirmoqda. Ular safiga tibbiyot xodimlari ham qo‘shildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting