«quyosh fotoelektr stansiyasi» tegli maqolalar


30 noyabr 2021, 17:36

O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi

Energetika vazirligi uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderning ilk bosqichida 15 ta xalqaro kompaniyadan ariza kelib tushganini ma’lum qildi. Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan stansiyalarni qurishni nazarda tutadi.

8 sentabr 2021, 15:50

500 MVt quvvatli uchta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Energetika vazirligi Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtga teng bo‘ladigan uchta fotoelektrostansiyalar qurish bo‘yicha tenderni e’lon qildi.

27 avgust 2021, 12:44

Karmanada quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda

Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 megaVatt bo‘lgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi.

12 iyul 2021, 16:17

Masdar bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Masdar kompaniyasi bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha shartnomalari imzolandi. Qurilish 2022 yilning birinchi choragida boshlanadi.

16 may 2021, 01:50

Masdar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini qurish uchun eng jozibador tarifni taklif qildi

Amirlikning Masdar Surxondaryoda quriladigan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda eng jozibador tarifni bildirdi. Tender g‘olibi bo‘ladigan investor shuningdek, 200 kV bo‘lgan yangi podstansiya hamda 52 km uzunlikdagi elektr o‘tkazuvchi liniyani qurishi lozim bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting