Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Mazkur stansiya «On-Grid» rejimida ishlaydi, yiliga qo‘shimcha 2,3 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda 750 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Buning natijasida yonilg‘i resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi, deyiladi xabarda.

Ayni paytda quyosh fotoelektr sansiyasi quyosh radiatsiyasiga qarab o‘rtacha 800 kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.