«qor» tegli maqolalar


O‘zbekiston aeroportlarida bir qator reyslar bekor qilindi
10 yanvar 2023, 10:44

O‘zbekiston aeroportlarida bir qator reyslar bekor qilindi

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli O‘zbekistonning ayrim aeroportlarida parvozlar bekor qilindi, ba’zi reyslar kechiktirildi yoki boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.

Toshkentda qor tozalash ishlariga dekabr oyidagi vaziyatdan ko‘ra ko‘proq texnika va odamlar jalb qilinmoqda
10 yanvar 2023, 09:57

Toshkentda qor tozalash ishlariga dekabr oyidagi vaziyatdan ko‘ra ko‘proq texnika va odamlar jalb qilinmoqda

Qorli Toshkent ko‘chalarini tozalashga dekabr oyidagi vaziyatga qaraganda ko‘proq texnika (200 dan ortiq) va obodonlashtirish xizmati xodimlari (6 mingga yaqin) jalb qilingan. Kechasi asosiy ko‘chalar qordan tozalandi va qum-tuz aralashmasi sepib chiqildi.

Kuchli qor tufayli Samarqand aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi
5 dekabr 2022, 13:21

Kuchli qor tufayli Samarqand aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

Samarqand aeroportida dushanba kuni soat 13:00 ga qadar ob-havoning yomonlashuvi munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va qo‘yib yuborishga cheklov joriy etildi.

Foto: Qorli Toshkent
5 dekabr 2022, 13:15

Foto: Qorli Toshkent

Poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oppoq choyshab bilan qoplandi. Bolalar xursandchiligidan tashqari qor piyodalar va mashinalar harakati, shuningdek, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbirlari Toshkentning qor bo‘ronidagi manzaralarini fotosuratlarga muhrladi.

Avtobuslar qatnovida oraliq interval cho‘zilishi mumkin — Toshshahartransxizmat
5 dekabr 2022, 10:00

Avtobuslar qatnovida oraliq interval cho‘zilishi mumkin — Toshshahartransxizmat

Poytaxtda havo sovuq, qor yog‘ib, avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgan. «Toshshahartransxizmat» AJ haydovchilardan zarur bo‘lmasa shaxsiy mashinada yurmaslikni so‘radi. Piyodalar yo‘ldan kesib o‘tayotganda ehtiyot bo‘lishi aytildi. Ayrim avtobuslarning kelish vaqti ham cho‘zilishi mumkin.

Hafta oxirida chang to‘zoni kuzatilishi mumkin
3 mart 2022, 14:57

Hafta oxirida chang to‘zoni kuzatilishi mumkin

Hafta yakunida O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. 4−5-mart kunlari shamol tezligi 25−30 m/s gacha kuchayishi va chang to‘zoni kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni esa yomg‘ir yog‘adi.

Hafta davomida yomg‘ir, ayrim joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda
17 yanvar 2022, 14:38

Hafta davomida yomg‘ir, ayrim joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda

Haftaning ilk uch kunida O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, chorshanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Payshanba kuni quruq ob-havo kuzatilishi mumkin, biroq, juma kuni yana qor yog‘adi. Kechalari havo harorati -3 daraja sovuq, kunduzi esa +10 darajaga iliq bo‘ladi.

Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
10 yanvar 2022, 15:08

Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning asosiy qismida O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo hukm suradi, kunduzi havo harorati +12 darajagacha ko‘tariladi. Juma kuni esa yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
3 yanvar 2022, 17:18

Hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida Kaspiy dengizining janubidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir, shimoliy hududlarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat esa +11…+16 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Foto: Qoraqalpog‘istonda qor yog‘di
24 dekabr 2021, 11:53

Foto: Qoraqalpog‘istonda qor yog‘di

Juma kuni Nukus shahri va Qoraqalpog‘istonning bir qancha tumanlarida qor yog‘di. Buning oqibatida jamoat transporti sifatida foydalanilgan 1400 dan ortiq «Damas» mashinalari qatnovdan olingan, tumanlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus va mikroavtobuslar harakati esa vaqtincha to‘xtatilgan. Qoraqalpog‘istonlik sinoptikning fikricha, shanba kuni tushki vaqtgacha qor yog‘ishda davom etadi va sovuq havo 3−4 kun davomida saqlanib qoladi.

30−31 dekabr kunlari O‘zbekistonda qor yog‘masligi mumkin — O‘zgidromet mutaxassisi
23 dekabr 2021, 18:27

30−31 dekabr kunlari O‘zbekistonda qor yog‘masligi mumkin — O‘zgidromet mutaxassisi

O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov «30−31 dekabr kunlari aholi bayramni qorli ob-havosiz kutib olishi mumkinligini» ma’lum qildi. Bunga qish oylarida sovuq havo oqimlarining O‘zbekistonga kirib kelishi 2 baravarga kamayib ketgani, qolaversa, global iqlim o‘zgarishi ta’sir qilmoqda.

Foto: Toshkentdagi birinchi qor
17 noyabr 2021, 11:22

Foto: Toshkentdagi birinchi qor

Toshkentda birinchi qor yog‘moqda. Erta tongdan yog‘gan qor loy qatlami bilan qoplangani kuzatilmoqda. Keyinroq u yana oq tus olib, kuchaydi. Daraxtlar shoxlari namlikning og‘irligi tufayli ba’zi joylarda qulab tushdi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin poytaxt bo‘ylab sayr qildi.

Hafta oxirida havo sovib, qor yog‘ishi mumkin
10 mart 2021, 13:33

Hafta oxirida havo sovib, qor yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 13−14 martda respublikada yomg‘ir yog‘ib, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi. Havo harorati kechalari 10−15° sovuqgacha tushadi.

Foto: Toshkentda qor yog‘ishi
25 fevral 2021, 12:25

Foto: Toshkentda qor yog‘ishi

Chorshanba kuni Toshkentni kuchli qor qopladi. Qor yog‘ishi kechgacha davom etdi. So‘nggi kunlarda poytaxt qanday ko‘rinishda edi — Yevgeniy Sorochin fotoreportajida.

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
22 fevral 2021, 10:31

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

23 fevraldan boshlab O‘zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib keladi. 25−26 fevral kunlari havo harorati kechasi −7… −12, kunduzlari −2… −7 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda harorat kechasi −17… −22 gacha, kunduzi −10… −15 gacha, Xorazmda kechasi −12… −17 gacha kunduzi −5… −10 darajagacha pasayadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting