3 yanvar kuni respublika hududining katta qismida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zgidrometning xabar berishicha, harorat foni me’yordan 4−5 daraja yuqori bo‘ladi va +11…+16 daraja iliqni tashkil etadi.

Hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi, 3−4 yanvar kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechalari 0…+5 daraja iliq, kunduz kunlari +7…+12 daraja iliq atrofida va me’yorga yaqin bo‘ladi.

3−4 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.