10 yanvar kuni O‘zbekiston hududida nisbatan sovuq havo massasining ta’siri saqlanib qoladi. Havo harorati kunduzi +3…+8 daraja iliq bo‘ladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

11−13 yanvar kunlari respublika bo‘ylab quruq havo hukmron bo‘lishi kutilmoqda, faqat 13 yanvar kuni respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasi asta-sekin pasayadi, hafta o‘rtalariga kelib havo harorati kechasi +3…+6 darajagacha, kunduzi esa +9…+12 darajagacha ko‘tariladi.

14 yanvar, juma kuni O‘zbekston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nisbatan nam, ammo iliq havo massasi kirib keladi. Respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim tumanlarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Havo harorati yana 2−4 darajaga ko‘tariladi va qish faslining o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 3−5 dajaraga yuqori bo‘ladi.

Respublikaning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkin.