13−14 martda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

13−14 martda respublika hududlarida yomg‘ir yog‘ib, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi. Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida 13 martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

14−15 martda harorat kechalari 2−7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq-3° iliqgacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10−15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2−7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6−11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0−5° sovuqgacha pasayadi.

13−14 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.