Joriy yilning 4−6 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

4−5 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi va chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25−30 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.

5 mart kuniga shamol tezligi tarqalishi xaritasi. Foto: O‘zgidromet.

5−6 martda esa respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida kuchli yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘lishi mumkin.