Toshkentda 9 yanvarning tungi vaqtidan beri kuchli qor yog‘moqda. Bu safar ko‘chalarni tozalashga avvalgi safardan ko‘ra ko‘proq texnika va odamlar jalb etildi, deya «Gazeta.uz»ga poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Rustam Yusupov ma’lum qildi.

Ko‘chalarni tozalashga Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (OBB) hamda Markaziy ko‘chalardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashgan boshqarma mas’ul qilib belgilangan.йўллар, қиш, qor

Foto: Elshod Salimov / «Gazeta.uz»

Hammasi bo‘lib 200 dan ortiq texnika, jumladan, qor tozalash mashinalari (60 dona), silindrsimon cho‘tka va roliklar bilan jihozlangan samosvallar (80 dona), ko‘chalarni qum-tuz aralashmasi bilan tozalash va sepish uchun maxsus avtomashinalar (53), aralashma yuklagichlar (10 dan ortiq) jalb qilingan.

йўллар, қиш, qor

Foto: Elshod Salimov / «Gazeta.uz»

Muzlagan yuzalarda sirpanib ketmaslik va uni eritish uchun qum va tuz aralashmasi ishlatilmoqda. Shaharda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lsa, kuniga taxminan 2500 tonna, qorli kunlarda — 1000−1500 tonna aralashma ishlatiladi.

йўллар, қиш, qor

Foto: Mirolim Isajonov / «Gazeta.uz»

Omborxonalarda 13 ming tonna aralashma bo‘lib, tuman obodonlashtirish bo‘limlari o‘rtasida taqsimlangan, — dedi Rustam Yusupov.

йўллар, қиш, qor

Qo‘shimcha qilinishicha, ayozli kunlarda tuman obodonlashtirish bo‘limlarining 4000 dan 6000 nafargacha xodimlari yo‘laklarni tozalamoqda.

Biroq piyodalar yo‘laklarining ko‘p qismi qor va muz bilan qoplangan. Ular binolarning birinchi qavatlarida joylashgan tashkilotlar xodimlari tomonidan tozalanadi.

йўллар, қиш, qor

Avvalroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qattiq sovuq kunlarida shahar xizmatlarining ishlashi bo‘yicha ko‘rsatmalar bergani haqida yozgandik. Xususan, asosiy faoliyatdan chalg‘itadigan yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlangan. Ko‘chalarni zudlik bilan qordan tozalash kerak. Jamoat transportidan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim, deb belgilangan.