20 avgust kuni Olmaliqdagi «Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti («MISiS») Olmaliq filialiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «MISiS» matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Imtihon 20−22 avgust kunlariga belgilangan bo‘lib, «Matematika», «Fizika», «Informatika» hamda «Rus tili» fanlaridan yozma tarzda o‘tkaziladi.


Sport majmuasining umumiy maydoni 7 ga tashkil etadi, imtihon o‘tishi rejalashtirilgan maydonning parametrlari 70 m ga 90 m ni tashkil etadi. O‘yingohga kirish joylari 5 ta, bulardan ikkitasi imtihon payti qo‘llash maqsadga muvofiq. Majmuadda ikkita xojatxona mavjud. Shuningdek kirish yo‘llariga ikkita dezinfeksiya tuneli o‘rnatilish belgilangan.

Abituriyentlar bir kishidan, oraliq masofani 2 metr qilib joylashtirildi. Imtixonlarni yuqori saviyada o‘tqazilishi, karantin qoydalariga rioya etilishi, bevosita «OKMK» AJ hamkorligida, ishlab chiqilgan «Yo‘l haritasi»ga asosan tashkil etildi, deyiladi xabarda.

Milliy texnologik tadkikotlar universiteti «MISiS» ning Olmalik shaxridagi filiali uchun 2020−2021 ukuv yilida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha belgilangan qabul kvotasi 250 tani tashkil etadi. Filial tomonidan 2020 yilning 20 iyunidan 31 iyuligacha masofaviy tarzda 1309 nafar абитуриентдан xujjatlar qabul qilindi, jumladan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 790 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 519 nafarni tashkil etadi.


«MISiS»ning Olmaliq filialida «Metallurgiya (metall texnologiyasi)», «Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)» hamda «Konchilik» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 2 sentyabrda boshlanadi va ikki hafta davom etadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga qayd etishicha, «MISiS» — xalqaro universitet filiali bo‘lgani sababli imtihon kunini xorijiy hamkori bilan kelishgan holda belgilaydi.