Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, oktyabr oyidan quyidagi OTMlarda bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari,
  • Toshkent tibbiyot pediatriya instituti,
  • Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti,
  • Toshkent farmatsevtika instituti,
  • Toshkent davlat stomatologiya instituti,
  • Andijon davlat tibbiyot instituti,
  • Buxoro davlat tibbiyot instituti,
  • Samarqand tibbiyot institutining