Bu yil O‘zbekiston davlat OTMlarga kirish imtihonlarida 1,3 milliondan ortiq abituriyent qatnashishi kutilmoqda. Epidemiologik vaziyat tufayli test sinovlarni «ochiq osmon»da o‘tkazishga qaror qilindi.

Avval xabar qilinganidek, kirish imtihonlarni o‘tkazish uchun respublika bo‘ylab 65 maydoncha tashkil etilgan.

Talabalar shaharchasida imtihon o‘tkaziladigan maydon. Foto: Xamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Ob­-havo sharoiti o‘zgarmasa va muddatni uzaytirish talab qilinmasa, test sinovlari 2 sentyabrda boshlanib 13 sentyabrgacha davom etadi.

Test sinovlari Toshkent shahrida 6 joydagi 17 maydonchada bo‘lib o‘tadi: Shayxontohur tumani «Paxtakor» futbol klubi stadionida 3 ta maydoncha, Chilonzor tumani Milliy bog‘ida — 4 ta, Olmazor tumani Talabalar shaharchasida — 2 ta va G‘alaba bog‘ida — 1 ta, Yunusobod tumani «botanika bog‘i»da — 2 ta, Yashnobod tumani «Ashxobod» bog‘ida — 5 ta maydoncha.

250711 abituriyent Toshkent OTMlariga hujjat topshirgan. Abituriyentlar test sinovlari boshlanishidan 1,5 soat oldin kiritilishi boshlanib yarim soat qolgach to‘xtatiladi. Imtihonlar kuniga ikki marta o‘tkaziladi: 09:00 dan 12:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha.

Bitta smenada 9930 abituriyent 331 guruhga bo‘lingan holda imtihon topshiradi. Abituriyentlarga ikkita ixtisoslashtirilgan fan bo‘yicha testlarni topshirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabalar shaharchasida guruh raqami bilan belgi. Foto: Xamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Talabalar shaharchasining xiyoboni 2280 nafar abituriyentni (76 ta guruh) bir vaqt ichida qabul qilishi mumkin.

Bu yerda 24 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining ikkita OTM imtihonlarining birinchi kuni o‘tkazildi.

Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalar universiteti Toshkent filialiga 398 ta abituriyent va Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filialiga (MIFI) 722 ta abituriyent test sinovlaridan o‘tishdi. Imtihonlar boshlanish vaqtlarini chet el OTM filiallari o‘zlari belgilaydi.

24 avgust kunidagi imtihon sinovlari tashkilotchilar ishiga o‘ziga xos baho bo‘lib imtihon paytidagi mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashdi.

Foto: Xamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Har bir maydonchada stol va stullar, kuzatuv kameralari, abituriyentlarni identifikatsiya va onlayn translyatsiya qilish uchun kameralar, biotualet va dezinfeksiya tunellari mavjud. Yog‘ingarchilik bo‘lsa, stollar ustini tent bilan yopish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, abituriyentlar tibbiyot niqoblari, bir martalik qo‘lqoplar va antiseptik vositalar bilan ta’minlanadi. Har smenadan oldin hududlarni dezinfeksiya qilish rejalashtirilgan.


Imtihonga kirish joylarida alohida nazorat punktlari o‘rnatiladi, har bir abituriyent alohida tekshiriladi. Ichki ishlar idoralari xodimlari tekshiruvlarning xavfsizligini ta’minlaydi, tibbiyot xodimlari esa abituriyentlarning ahvolini nazorat qiladilar.

Foto: Xamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Yangi G‘alaba bog‘ida bir smenada 480 nafar abituriyent imtihon topshiradi. Bu erdagi hududning tepa qismi yopiq.

G‘alaba bog‘idagi imtihonlar o‘tadigan maydoncha. Foto: Xamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Toshkent botanika bog‘i har bir smenada 720 ta abituriyentni, ya’ni 300 va 420 abituriyentni har bir maydonchasiga qabul qilishi mumkin.

Botanika bog‘idagi partalar. Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz».

Bu erda 30ga yaqin kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.

Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz».

Eslatib o‘tamiz, bu yil imtihonlar o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarning ota-onalariga kutish uchun maxsus joylar tashkil etilmaydi.

Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz».

Abituriyentlar imtihon joylariga o‘zlari kelishlari kerak. Abituriyentlarga transportlar berilishi faqat Toshkentdan tashqarida, masalan, Jismoniy tarbiya institutining Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan imtihonlari uchun ajratilgan.

Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz».

18 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosovning ta’kidlashicha, imtihon joylariga olib boruvchi barcha yo‘llar 1,5 km radiusda yopiladi.

Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz».