Abituriyentlarning imtihon natijalari bugun 15:00 da DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Avvalroq DTM natijalar allaqachon aniq ekani, biroq bu yil ko‘plab yoshlarga imtiyozlar berilgani sababli, ularni qo‘shib chiqish ishlari yakunlanayotgani haqida xabar bergan edi.

Natijalarni 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi:

  • Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali — abitur.dtm.uz;
  • SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abituriyent ID raqamini yuborgan holda;
  • Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab OTMlarga kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlab 2 smenada o‘tkazildi va ularda 1,2 mln nafar abituriyent qatnashdi.