«ob-havo bashorati» tegli maqolalar


23 sentabr 2022, 12:44

Iliq dam olish kunlaridan so‘ng havo soviy boshlaydi

O‘zbekistonning katta qismida dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi. Biroq yakshanba kuni shimoliy hududlarga Volga bo‘yidan salqin havo massalari kirib kela boshlaydi, unga kuchli shamol va yomg‘ir, ayrim joylarda esa momaqaldiroq hamrohlik qiladi. Keyingi haftadan sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

16 avgust 2022, 09:45

Haftaning ikkinchi yarmida shamol tezligi 27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda

O‘zgidromet 18−20 avgust kunlari yettita viloyatda shamol tezligi 17 m/s dan 27 m/s gacha kuchayishi, buning oqibatida ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishidan ogohlantirdi. Shanba kuniga kelib, havo xarorati 27 darajagacha tushib ketadi.

5 avgust 2022, 14:13

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi, ayrim tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi.

13 may 2022, 13:27

Dam olish kunlari havo bulutli bo‘ladi va yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, harorat +20 darajagacha pasayadi. Yakshanba kuni esa harorat +28 darajagacha ko‘tarilib, havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda.

29 aprel 2022, 13:12

May oyi juda issiq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda

Aprel oyi oxirlarida havo harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda may oyi Erondan keladigan issiq havo oqimi hisobiga juda issiq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat janubda +39 darajagacha ko‘tariladi. 3−4 mayga kelib esa havo biroz salqinlashadi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

29 mart 2022, 16:23

Mart oyida yog‘ingarchilik odatdagidan 2−3 marta, ba’zi joylarda 4,5 marta ko‘proq kuzatildi

O‘zbekistonda mart oyida yog‘ingarchilik odatdagidan 2−3 marta, ba’zi joylarda 4,5 marta ko‘proq kuzatildi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarining ayrim tumanlarida martdagi yog‘ingarchilik butun meteorologik kuzatuvlar bo‘yicha rekord darajada sodir bo‘ldi. Poytaxtda 186 mmlik yog‘ingarchilik qayd etildi, bu mart oyining 1969 yildagi rekordini yangiladi. O‘zgidromet aprel oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini ham e’lon qildi.

21 fevral 2022, 12:01

Hafta davomida O‘zbekistonda bahoriy iliq havo saqlanib qoladi

Dushanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Seshanbadan esa Kavkazdan bulutli massivlar kirib keladi, shunga qaramasdan hafta davomida poytaxtda quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi, boshqa hududlarda esa biroz yomg‘ir yog‘adi.

14 fevral 2022, 12:45

Hafta davomida sovuq havo saqlanib qoladi

Hafta mobaynida O‘zbekistonda sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, bir necha kun davomida tungi sovuqlar ham saqlanib qoladi. Dushanba kungi yomg‘ir va qordan keyin boshqa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxirida esa havo biroz isishi mumkin.

27 yanvar 2022, 15:10

Yaqin ikki kun ichida yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet 28−29-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi haqida ogohlantirdi. Bu kunlarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, ayrim hududlarda qorga aylanishi mumkin.

21 yanvar 2022, 12:16

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishi natijasida dam olish kunlari havo harorati sovuq va bulutli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi mumkin, tog‘li hududlarda esa qor ko‘chishi xavfi bor.

17 yanvar 2022, 14:38

Hafta davomida yomg‘ir, ayrim joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda

Haftaning ilk uch kunida O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, chorshanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Payshanba kuni quruq ob-havo kuzatilishi mumkin, biroq, juma kuni yana qor yog‘adi. Kechalari havo harorati -3 daraja sovuq, kunduzi esa +10 darajaga iliq bo‘ladi.

7 yanvar 2022, 12:55

Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Yaqin kunlarda havo haroratining sovishi, biroq yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +10 daraja iliq bo‘ladi, ba’zi hududlarga tuman tushishi mumkin.

18 aprel 2021, 09:08

O‘zgidrometning eng baland tog‘ meteostansiyasi — Oygaing qanday ishlaydi

Tog‘lardagi qor zaxirasi yetarlimi, daryolarda suv miqdori qancha bo‘ladi, qor ko‘chkisi xavfi mavjudmi? Texnologiya qanchalik taraqqiy etmasin, ayrim meteokuzatuvlarni odamlarning ishtirokisiz o‘tkazib bo‘lmaydi. «Gazeta.uz» O‘zgidromet taklifi bilan mamlakatdagi eng baland tog‘ meteostansiyasi — Oygaingga tashrif buyurdi. Bu maskanda bir necha mutaxassis oilasi bilan yashab, mehnat qiladi, qor qoplamasi holatini nazorat qilib, har 3 soatda ma’lumotlar jo‘natib turadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting