Uzoq davr beqaror, yomg‘irli ob-havodan so‘ng bugun ertalab respublikaning deyarli barcha hududlari bo‘yicha yomg‘ir to‘xtadi. Kun davomida respublikaning katta qismida kam bulutli quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, faqat Farg‘ona vodiysida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +6…+8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

8 yanvar kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9 yanvar kuni respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan quruq, lekin nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.

Kechalari harorat biroz manfiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati +5…+10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat foni yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oxiri uchun xosdir.