28−29 yanvar kunlari Eron hududlaridan nam va salqin havo massasi Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali O‘zbekiston hududiga kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Bu vaqtda mamlakat bo‘ylab kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda: 28 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Toshkent, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 17−22 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida ham holat shu tarzda, biroq bu hududlarning ayrim tumanlarida shamol tezligi 25− 28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29 yanvar, shanba kuni Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol 17−22 m/s gacha esishi mumkin.

Shu kunlar ichida O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda bu qorga aylanishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham yomg‘ir va qor yog‘ishi kuchayishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sinoptiklar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining ba’zi joylarida shamol tezligi 17−22 m/s gacha bo‘lishini, natijada hududda chang bo‘ron va g‘uborlar kuzatilishi mumkinligini aytgandi.