21 fevral, bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Kunduz kuni harorat +18…+21 darajagacha ko‘tariladi, ushbu kun me’yoridan 7−9 darajaga yuqoridir.

22 fevral, ertadan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. Bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Havo harorati asosan kechalari +4…+9 daraja, kunduz kunlari +13…+18 daraja bo‘lishi kutilmoqda, bu iqlimiy me’yordan yuqoridir.

Poytaxtda hafta davomida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, faqat 25 fevral, juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.