«O‘zgidromet» markazining ma’lum qilishicha, 23 dekabr, juma kuni O‘zbekiston hududida sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida kuchsiz qor yog‘ishi mumkin.

Havo harorati 2−7 daraja iliq, respublika shimolida esa 3 darajada sovuq va 2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim hududlariga tuman tushishi mumkin.

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi, yakshanba kuni esa respublika hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo 7−10 daraja iliqqacha, janubda 11−13 darajagacha isiydi.