O‘zbekistonning 2022 yildagi asosiy demografik ko‘rsatkichlari taqdim etildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 mingtani tashkil etib, so‘nggi 5 yilda sezilarli kamaygan. Nikohdan ajrashishlar soni esa 48,7 mingtani tashkil etib, oxirgi 5 yilda ko‘paygan.
2022 yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nikohlar soni 4,7 foizga kamaygan, ajralishlar esa 18,7 foizga oshgan.
Senat Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritishni rad etdi. Bunga, nikoh tuzishdagi bir oylik muddatni bekor qilish va tibbiy ko‘rikdan so‘ng nikohni qayd etish taklifi sabab bo‘ldi. Senatorlarning fikricha, bu muddat yosh turmush qurganlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ajralishlar soni kamayishiga imkon beradi.
Adliya vazirligi notariuslarga ham nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqini berish tashabbusi bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ishontirishicha, «notariuslar ikki tomonning xohish-irodasini tasdiqlab, shahodatlay oladi».
Dushanba kuni Samarqanddagi Registon maydonida AQSh fuqarolari Marshall Mayer va Ebru Sanning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Ular o‘zbek milliy taomlarini sevib iste’mol qilishi va sayohat vaqtida tarixiy Samarqandni yoqtirib qolgani bois nikohini shu yerda o‘tkazishga qaror qilganini ma’lum qilishdi.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda jami 90 543 ta nikoh holatlari qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 373 taga kam.
Fuqarolarning nikohini FHDYoga ariza berilganidan bir oy o‘tib rasmiylashtirish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda. Nikoh tibbiy ko‘rikdan so‘ng qayd etilishi mumkin.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 174 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 288 taga ko‘p.
Joriy yil boshidan beri mamlakatda jami 143 555 ta nikoh qayd etildi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqan. Ularning 207 nafari Rossiya, 148 nafari Qozog‘iston, 106 nafari Turkiya, 42 nafari Koreya Respublikasi, 13 nafari AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan oila qurgan.
Yarim yil ichida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 301,3 ming kishiga yoki 0,9 foizga oshib, 34,86 mln nafarga yetdi. Tug‘ilish va o‘lim darajasi 2020 yilning birinchi yarmiga nisbatan qariyb 7 foizga o‘sgan.
Yanvar-iyun oylarida respublika bo‘ylab 118 ming 988 ta nikoh holatlari qayd etildi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p nikoh Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida rasmiylashtirilgan.
2021 yilning yanvar-mart oylari holatiga respublika bo‘yicha 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand (6 723 ta), Farg‘ona (5 900 ta) va Toshkent viloyatlari (5 459 ta) yetakchi bo‘ldi.
FHDYOga ariza topshirgandan so‘ng, 1 oylik muddatni 3 oyga uzaytirish taklif etildi. Ushbu taklif ajrimlar soni ortib borayotgani sababli, yoshlarning bir-birini yaxshiroq tanib olishi uchun ilgari surilmoqda. «Nikohdan o‘tib, so‘ng farzandini tirik yetim qilgandan ko‘ra, uch oylik muddatda bir-biriga ma’qul kelmasa, o‘z yo‘lida davom etgani ma’qul», — deya ta’kidlandi.
O‘zbekistonda yarim yil davomida 75,5 mingta nikoh va 12,8 mingta ajrimlar ro‘yxatga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5% va 20% pastroq ko‘rsatkich qayd etildi. Ajrashgan oilalarning 19,6 foizi (2500 taga yaqini) ikki va undan ortiq farzandga ega.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting