2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston FHDYO organlari tomonidan 75,5 ming nikoh ro‘yxatga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5% va 20% pastroq ko‘rsatkich qayd etildi. Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida bu haqda so‘z boradi.


Ma’lumot uchun: 2017 yilning birinchi yarmida 96,4 mingta nikoh qayd etilgan. Manba: Statistika qo‘mitasi.

Mamlakat bo‘yicha 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 4,5 promilleni (2019 yilning birinchi yarmida 6,3 promille) tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori nikoh koeffitsiyenti Xorazm (6,4 promille), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,2) Sirdaryo (5,1) Surxondaryo (4,9) viloyatlarida kuzatilgan bo‘lsa, eng kam nikoh tuzish koeffitsiyenti Namangan (3,6), Samarqand (3,7), Navoiy (3,8) va Jizzax (4,2) viloyatlarida qayd etildi.


Ma’lumot uchun: 2017 yilning birinchi yarmida 15,6 mingta ajralish qayd etilgan. Manba: Statistika qo‘mitasi.

Yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan 12,8 mingta yoki 2019 yilning shu davriga (16 mingta) nisbatan 20 foiz kamroq nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,8 promilleni (bir yil oldin — 1 promille) tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Toshkent shahri (1,3 promille), Sirdaryo (1,2 promille), Andijon (1,0 promille) va Navoiy (0,9 promille) viloyatlarida, eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,5 promille), Qashqadaryo (0,5 promille), Xorazm (0,5 promille) va Surxondaryo (0,6 promille) viloyatlarida kuzatildi.

Manba: Statistika qo‘mitasi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, respublikada jami ajralishlarning 52,9% i farzandsizlar, 27,5% i bitta farzand bilan va 19,6% i ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Manba: Statistika qo‘mitasi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oilada farzandlar qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish xavfi shunchalik kamayadi. Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi esa bundan mustasno. Buxoro viloyatida bitta bolali oilalarda ajralish (37,5%), bolasi bo‘lmagan nikohlarga qaraganda (34,9%) ko‘proq bo‘ldi. Ikki yoki undan ko‘p bolali oilalar faqat 27,6% hollarda ajrashdilar. Qoraqalpog‘istonda 30,6% hollarda bolalarsiz nikohlar buzilgan, bitta bola bilan — 41,1%, ikki va undan ortiq bolalari bilan esa — 28,3%.