Yanvar-cyentyabr oylarida O‘zbekistonda 197 013 ta nikoh qayd etildi, bu 2021 yilning shu davriga (206,7 ming) nisbatan 4,7 foizga kam. 1000 aholiga nikohlanish darajasi 7,4 promille (o‘tgan yili — 7,9 promille) ni tashkil etdi.

Promille — biron-bir sonning mingdan bir ulushi yoki foizning o‘ndan bir qismi.

Nikohlar soni bo‘yicha to‘rtdan uch qismida Samarqand viloyati yetakchi bo‘lib, bu yerda 22 329 ta nikoh qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona — 20955 ta va Qashqadaryo viloyatlari — 20298 ta nikoh tuzilgan.

Shu bilan birga, 34 464 ta ajralishlar qayd etilgan, bu 2021 yilning 9 oyiga nisbatan (29031 ta) 18,7 foizga ko‘p, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Har 1000 nafar aholiga ajralish koeffitsiyenti 1,4 promilleni tashkil etdi, bu so‘nggi bir necha yil ichida yanvar-sentabr oylaridagi eng yuqori ko‘rsatkichdir (o‘tgan yilning shu davrida — 1,1 promille).

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ajralishlar Toshkent shahrida — 4433 ta va Farg‘ona viloyatida — 3979 ta qayd etilgan. Har 1000 nafar aholi soniga nisbatan poytaxt va Sirdaryo viloyati bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilmoqda — 2 promille.

So‘nggi yillarning dastlabki uch choragidagi nikohlar va ajralishlar statistik ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2017−2019 yillarda ushbu davrdagi nikohlar soni barqaror ravishda o‘rtacha 194,5 mingtani, ajralishlar esa 23,6 mingtani tashkil etganini ko‘rish mumkin. 2020 yildagi pandemiya yilida nikohlar soni 184 mingtaga, ajralishlar esa 20 mingtaga qisqardi.

2021 yilda, ya’ni to‘qqiz oyda nikohlar soni keskin oshib, 206,7 mingtaga yetgan, biroq ajrashgan juftliklar soni ham oshgan — 29 mingta. Joriy yilda ajralishlar soni o‘sishda davom etdi, nikohlanish statistikasi esa kamaydi.

2015 yildan 2022 yilga qadar yanvar-sentabr oylari uchun nikohlar va ajralishlar statistikasi

2022

197 ming nikoh (7,4 promille)

34,4 ming ajralish (1,4 promille)

2021 yil

206,7 ming nikoh (7,9 promille)

29 ming ajralish (1,1 promille)

2020 yil

184 ming nikoh (7,2 promille)

20 ming ajralish (0,8 promille)

2019 yil

194,9 ming nikoh (7,8 promille)

23,6 ming ajralish (0,9 promille)

2018 yil

196 ming nikoh (8 promillk)

23,8 ming ajralish (1 promille)

2017 yil

192,7 ming nikoh (8 promille)

23,6 ming ajralish (1 promille)

2016 yil

176,1 ming nikoh (7,4 promille)

22,2 ming ajralish (0,9 promille)

2015 yil

186,1 ming nikoh (8 promille)

21,8 ming ajralish (0,9 ta promille)