Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oilasiga biryo‘la beriladigan nafaqa ularning oxirgi maosh yig‘indisi 150 baravarigacha oshiriladi. Shuningdek, bepul tibbiy yordam va maktabgacha ta’lim, OTM uchun grant, daromad solig‘idan ozod etish kabi tartiblar tatbiq etiladi.
O‘zbekiston harbiylari Pokistonda o‘tkazilgan «Jamoaviy ruh» 6-xalqaro armiya o‘yinlarida qatorasiga uchinchi marta g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston va Tailand jamoalariga nasib etdi.
Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytdi. Ular jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan.
O‘zbekiston prezidenti Qarshidagi harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlikda Rossiya va AQSh prezidentlari nutqlarini tilga oldi. «Har bir davlat o‘z suvereniteti, o‘z xalqi manfaatlari haqida o‘ylashi uchun kuchli mudofaa bo‘lishi kerak. Shunda davlat o‘zini hurmat qilishga majbur qiladi», — dedi u.
Sharqiy harbiy okrugga qarashli garnizonda rejalashtirilgan jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu vaqtda shahar atrofida mashg‘ulotlar rejasiga muvofiq jangovar texnikalar harakatlanadi. Sinovlarni ma’sullar kuzatib boradi.
Prezident farmoyishi bilan general-mayor Aybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Toshkent shahridan keyin Mudofaa vazirligi O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham harbiy dala oshxonalari va issiqlik punktlarini tashkil etayotganini ma’lum qildi.
Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy dala oshxonalari tashkil etildi. U yerda fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda.
Vazirlar, hokimlar va boshqa davlat organlari rahbarlari Chirchiqdagi harbiy poligonda besh kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilaydi, jangovar tayyorgarlik, hududiy mudofaa va fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Foto.
AQSh Markaziy qo‘mitasi 2,8 mln dollarlik 50 ta Polaris MRZR yengil taktik jangovar transport vositalarini O‘zbekiston mudofaa vazirligining maxsus operatsiyalar kuchlariga topshirdi.
O‘zbekiston harbiylari va kuch tuzilmalari shimolda mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha majmuaviy taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Ularda jangovar navbatchilik o‘tkazayotgan chegarachilarga shartli terrorchilar hujumini qaytarish, garovga olinganlarni ozod etish va boshqalar bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
Sirdaryo viloyati hokimligi harbiy ombordagi portlashdan so‘ng o‘tgan bir sutka davomida zararlangan binolarning yarmidan ortig‘i to‘liq ta’mirlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Ikki mamlakat vazirlari harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta'lim sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
Toshkent viloyatida 3 nafar harbiy xizmatchi bankomatlarni buzishga uringani xabar qilingandi. Mudofaa vazirligi qo‘lga olinganlar vazirlikka aloqasi yo‘qligini, ular IIV Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ekanini ma’lum qildi.
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv shartlari orasida hududni razvedka qilish, tog‘ daryosi va minalangan maydonlardan o‘tish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi topshiriqlar bo‘ldi.
Mudofaa vazirligi 2022 yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egallagan milliy terma jamoa harbiylarini taqdirladi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Surxondaryodagi o‘quvda rejaga ko‘ra, chegarani buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalarini muvaffaqiyatli yo‘q qildi.
O‘zbekiston harbiy oliy o‘quv yurtlarida Tojikiston harbiy xizmatchilarini tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga mudofaa vazirlari Bahodir Kurbanov va Sherali Mirzo imzo chekdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlariga joriy yil 13−27 avgust kunlari dunyoning 12 davlati mezbonlik qiladi. O‘zbekiston Jizzax, Samarqand, Chirchiq va Sharqiy harbiy okrugi o‘quv-mashg‘ulot maydonlarida beshta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazadi.
Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun buzilishi haqidagi xabarini rad etdi. Huquqbuzarliklar Mudofaa vazirligi budjet mablag‘lariga aloqasi bo‘lmagan «Xarbiy savdo» korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida sodir etilgan, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting