20-aprel kuni Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurishlari tashkil etiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan maqsad — aholida vatan himoyachilariga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Qurolli Kuchlar akademiyasi (Mustaqillik ko‘chasi) — Amir Temur xiyoboni — Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti (Temiryo‘lchilar ko‘chasi) — Toshkent markaziy Eko bog‘i (“Eko” park, Maxtumquli ko‘chasi) — Toshkent Markaziy bog‘i (Hamidulla Oripov ko‘chasi) — Qurolli Kuchlar akademiyasi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanish davomida harbiy xizmatchilarning bo‘linma tarkibida, orkestr sadolari ostida, saf qo‘shiqlarini ijro qilgan holda tantanali piyoda yurishlari rejalashtirilgan.

мудофаа vazirligi, harbiy марш

Piyoda yurayotgan harbiy bo‘linmalarning to‘xtash nuqtalarida, ya’ni Amir Temur xiyoboni hamda Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti hududi maydonida harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi va Faxriy qorovul jamoasining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmaning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Piyoda yurishlar soat 12:00 da Qurolli kuchlar akademiyasi asosiy darvozasidan boshlanadi.