Pokiston Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, Milliy xavfsizlik kengashi a’zosi, general Saxir Shamshad Mirza boshchiligidagi harbiy delegatsiya 26-sentabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Saxir Shamshad Mirzani O‘zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutladi hamda ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.

Avval xabar qilinganidek, seshanba kuni Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy sohada hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.