Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun 100 mln dollar miqdorda imtiyozli kreditlar ajratadi. Banklar qarzlarni milliy valyutada 10 yil muddatga imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada taqdim etadi. Avvalroq MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini qisqartirishni so‘ragandi.
Prezident ayrim hokimlar klasterlarni kun davomida majlis va boshqa ishlarga jalb etayotganini tanqid qildi. Shunga ko‘ra, u hokimlarga klasterlarning ichki ish faoliyatiga aralashishni taqiqladi. Qolaversa, endi bitta tumanda ko‘pi bilan ikkita klaster tashkil etishga ruxsat beriladi, hozirgacha uchta edi.
Bundan keyin tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar g‘allasini olib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, birja orqali sotilgan bug‘doyga hududlararo cheklov qo‘yilmaydi. Prezident bosh prokuror, viloyat, tuman va shahar prokurorlari buni shaxsan nazoratiga olib, fermerni norozi qilgan rahbarlarga qat’iy chora ko‘rishni buyurdi.
Kelgusi yildan g‘allachilik klasterlari va fermerlarga yetishtirgan bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi. Bunda ular 3 yil davomida har yilgi hosildan gektariga 2,5 tonna g‘allani birja savdolariga erkin narxlarda chiqaradi. «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi donni qayta ishlash zavodlari ochiq savdolarga chiqariladi.
Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi birinchi majlisda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar va klasterlar faoliyatidagi muammolarni muhokama qildi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari yanada ko‘proq imtiyozli kreditlar, davlat grantlari, mustaqillik va boshqalar beriladi.
Prezident 2026 yilga kelib O‘zbekistonda oltita kimyoviy texnologiya klasteri tashkil etilishini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi «Navoiyazot»da, qolganlari Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlardan gaz sotib olinishiga ham izoh berdi.
Hududlarda klaster usulida mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Tadbirkorlar mahsulot eksportini yo‘lga qo‘ygan taqdirda bir qator imtiyozlarga ega bo‘ladi, qolaversa, homashyo va ehtiyot qismlar importi uchun bojxona bojidan ozod qilinadi.
Sirdaryoda «Indorama» klasterining ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Fuqarolar oylikdan norozi ekanliklari sababli ish tashlayotganliklarini ma’lum qilishgan. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimligi «mazkur holat kompaniyaning ichki ishlari ekanliklari va hokimlikka hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini» ni ta’kidladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjada texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish alomatlari bilan 34 ta paxta klasteriga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Aprelda ular narxi 38 fizga ko‘tarilgan.
Prezident Quyi Chirchiqdagi klasterni borib ko‘rdi. Klasterda 8 ming 750 nafar, sholini qayta ishlash korxonasida 365 nafar aholi mehnat qilmoqda. Davlat rahbari asosiy e’tibor va harakat aholini ish bilan ta’minlashga qaratilganini aytdi. «Toshkent viloyatini ishsizlik minimal darajada bo‘lgan hududga aylantirmoqchimiz», — dedi prezident.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi paxta chigitini boshqa viloyatga olib chiqishni taqiqlash bo‘yicha og‘zaki topshiriq bergan Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat hokimliklari hamda ushbu viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalariga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
Sulton Tex Group klaster atrofidagi voqealarga munosabat bildirgan qishloq xo‘jaligi vaziriga javob qaytardi — «Klasterlar uchun huquqiy me’yoriy hujjat bo‘lmasa, bizning aybimiz nima?»
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting