Jurnalistlar va jamoat faollari O‘zbekiston prezidentiga «yashirin, lekin kuchli senzura» yuzasidan murojaat qilishdi. Murojaat mualliflari davlat rahbaridan matbuotning tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlashda tarixiy yordam berishini so‘rashdi.
2022 yilda dunyoda 86 nafar jurnalist o‘z kasbiy faoliyati uchun o‘ldirilgan. BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk so‘nggi 10 yil ichida 1300 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.
Axborot kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach faollarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Jumladan, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova 45-moddani «xavfli» deb atadi. Nurbek Alimov esa «7-modda har qanday bloger yoki OAVni sindirib yuborishi mumkin»ligini ta’kidladi.
Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining ma’lum qilishicha, yil davomida 67 nafar jurnalist hamda OAV vakillari o‘z vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi. Federatsiya bosh kotibi BMT Bosh Assambleyasida «Jurnalistlarning xavfsizligi va mustaqilligi bo‘yicha» konvensiya qabul qilish vaqti kelganini aytmoqda.
«Gazeta.uz» muxbirining Facebook’dagi izohi uchun ota-onasining uyiga IIB tergov-qidiruv bo‘limi xodimi keldi. Boshqa jurnalistning Facebook’dagi postlari uchun ota-onasi IIB Migratsiya bo‘limiga chaqirtirildi. Jamoatchilik bu nima — «anglashilmovchilikmi yo o‘zboshimchalik» ekaniga izoh berishni talab qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlariga tabrigida ular faoliyatiga to‘sqinliklar demokratik islohotlarga qarshi harakat sifatida baholanishi kerakligini ta’kidladi. «Sud va prokuratura organlari bizga mutlaqo yarashmaydigan bunday salbiy holatlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozim», — dedi u.
2021 yilda dunyo bo‘ylab qamoqxonalardagi jurnalistlar soni rekord darajaga yetdi — 293 nafar OAV xodimi qamoqqa olingan. Yana 24 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
2006 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan. Bu qotilliklarning har 10 tasidan deyarli 9 tasi sudda ochilmagan. Tashkilot so‘rovida ishtirok etgan jurnalist ayollarning 73 foizi o‘z ishi bilan bog‘liq holda internet orqali tahdid, qo‘rqitish va ta’qibga uchrab kelayotganini aytgan.
Deputat Rasul Kusherbayev jurnalistlar himoyasiga oid qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagani sohada ko‘plab muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Qonunchilik palatasi deputatlari bu masalada bir necha bor harakat qilib ko‘rishgan. “Biz, shaxsan men ham tarafdormanki, himoya qonunini qabul qildikmi, himoyani buzganga doir javobgarlik masalasini ham jinoyat kodeksida belgilab qo‘yishimiz shart”, — dedi deputat.
Senat raisi jurnalistlar uchrashuvda davlat idora va tashkilotlari mansabdorlari senzura o‘rnatishi, OAV ishiga to‘sqinlik qilishi, tazyiq va bosim o‘tkazishiga qarshi javobgarlik yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Sizlarni faoliyatingizga aralashishga, ko‘rsatma, yo‘nalish berishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi u.
Effect.uz saytining ikki muxbiri yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudidagi hodisadan so‘ng qidiruvga berilib, sirtdan hibsga olindi. Ular hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va tergovga yoki sud ishlarining hal qilinishiga xalaqit berganlikda sirtdan ayblanmoqda. O‘z navbatida, nashr rahbari xodimlarining biriga chaqiruv qog‘ozi kelmagani, biri ikki marta prokuraturaga borganini ma’lum qildi. Hodisa tafsilotlari.
Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.
Kasaba uyushmalari federatsiyasida bo‘lib o‘tgan videoselektordan OAV vakillari chiqarib yuborildi. «‘Televizorchik'lar ketsin, bo‘ldi. Bu yerda gaplarimiz bor-da bizning, iltimos sizlardan, ruxsat hammalaringizga. Bo‘ldi ketaversin», — dedi federatsiya raisi Qudratilla Rafiqov. Shundan so‘ng, federatsiya matbuot xizmati rahbari jurnalistlarga «material efirga berilishi oldidan ularga ko‘rsatilib, ruxsat olish kerakligini uqtirgan». Yig‘ilishda Senat raisi va prezident maslahatchisi ham qatnashgan.
OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Qoraqalpog‘iston prokuroriga tunda prokuraturaga chaqirilgan hamda telefonlari va noutbuklari tortib olingan jurnalistlar bilan bo‘lgan voqea yuzasidan tanbeh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prokurorlarning harakatlarini o‘rganish ishlari boshlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting