YUNESKO e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, 2022 yilda 86 nafar jurnalist kasbiy faoliyati uchun o‘ldirilgani haqida hisobot e’lon qildi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha har to‘rt kunda bir jurnalist vafot etgan.

O‘tgan yili jurnalistlarning o‘ldirilishi soni uch yildan so‘ng birinchi marta o‘sishni boshladi, bu ko‘rsatkich bir xil darajada o‘zgarib turdi: 2019 yilda 53 nafar, 2020 yilda — 50 nafar, 2021 yilda — 55 nafar jurnalist o‘ldirilgan.

2022 yilda jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar Meksika (19 nafar muxbir o‘ldirilgan), Ukraina (10 nafar) va Gaiti (9 nafar) bo‘ldi. Osiyo va Tinch okeanida 16 ta, Sharqiy Yevropada esa 11 ta qotillik sodir etilgan.

Olingan ma’lumotlar jurnalistlar o‘z xizmatlari davomida duch kelayotgan jiddiy xavf va zaifliklar mavjudligini ko‘rsatadi, deya ta’kidladi YUNESKO.

«Hokimiyat bu jinoyatlarni to‘xtatish va aybdorlar jazolanishini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini kuchaytirishi kerak, chunki befarqlik bu zo‘ravonlik muhitida asosiy omil hisoblanadi», — dedi YUNESKO bosh direktori Odri Azule.

YUNESKOning qayd etishicha, o‘ldirilgan jurnalistlarning deyarli yarmi ish vaqtidan tashqari soatlarda nishonga aylanishgan. Ba’zilar yo‘lda, avtoturargohlarda yoki boshqa jamoat joylarida vazifasini bajarmayotgan vaqtlarida hujumga uchragan, boshqalari esa qotillik vaqtida o‘z uylarida bo‘lishgan.

Hisobot mualliflarining qayd etishicha, «jurnalistlar uchun hatto bo‘sh vaqtlarida ham xavfsiz joylar yo‘q».

Jurnalistlarni o‘ldirish uchun jazosiz qolish darajasi «hayratlanarli darajada yuqori» — 86 foiz bo‘lib qolmoqda. YUNESKO jazosizlikka qarshi kurash xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirishni taqozo etayotgan dolzarb majburiyat bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

Jurnalistlar, ayniqsa ayol jurnalistlar qotilliklardan tashqari, 2022 yilda zo‘ravonlikning boshqa shakllari, jumladan, bedarak yo‘qolish, o‘g‘irlash, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish, qonuniy ta’qib va raqamli zo‘ravonliklar qurboni ham bo‘lishgan.

Umuman olganda, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurkning Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi bayonotiga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida dunyoda 1300 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan, deb yozadi «Kommersant».