Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Qoraqalpog‘iston prokurori Farxat Allambergenovga jurnalistlarni tunda «profilaktik suhbat» ga chaqirgani va ularning telefonlari hamda noutbukini musodara qilgan prokurorlarning harakatlariga tanbeh berdi. Bu haqda u Xabar.uz saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Gazeta.uz» 26 iyulga o‘tar kechasi Makan.uz, Kruz.uz va Kar24.uz bosh muharrirlari Repost.uz saytidagi, koronavirusdan davolanayotgan Joqargi Kenes raisi Musa Erniyazovning o‘limi haqidagi xabarni qayta chop etgandan (Kar24.uz yangiliklarni chop etmagan) so‘ng chaqiruvnomasiz prokuraturaga chaqirilgani haqida xabar bergan edi. Repost.uz saytida yangiliklar «xakerlarning buzib kirishi natijasida» paydo bo‘lganini xabar qildi. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 72 yoshli senatorning o‘limi haqidagi xabarni rad etdi. «Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Shuningdek, 26−27 iyul kunlari uch nafar blogerlar- Sultanbek Ziyayev, Shuxrat Saidaxmadov va Berdax Naurыzbayev Nukus ichki ishlar bo‘limiga chaqiruvnomasiz so‘roqqa chaqirilgan. Ularning telefonlari va kompyuterlari olib qo‘yilgan.

Svetlana Ortiqovaning so‘zlariga ko‘ra, prokurorlarning harakatlarini «oqlab bo‘lmaydi».

«Kecha men Qoraqalpog‘iston prokurori bilan bu haqda gaplashdim. Vaziyatni muhokama qilayotganda, men ushbu faktni tekshirayotgan xodimlarning xatti-harakatlarini oqlab bo‘lmaydi, deb aytdim. Kecha Qoraqalpog‘istondagi hamkasblarim mahalliy jurnalistlardan uzr so‘rashdi… Hozirda ushbu xodimlarning xatti-harakatlari o‘rganilmoqda va natijalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi», — dedi Bosh prokuror o‘rinbosari.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, bu yolg‘on ma’lumot tarqatish ishi shu tarzda yopilganligini anglatmaydi. «Hozirda Qoraqalpog‘iston IIV ushbu ish bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda… Qanday bo‘lmasin, qonun ustuvorligi ta’minlanadi», — dedi u.

Avvalroq, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi Respublika ichki ishlar vazirligi xodimlari va prokuratura yolg‘on ma’lumotlarning tarqalish manbasini aniqlash uchun jurnalistlar bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazganini ma’lum qilgandi.

Prezident huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Bosh prokuraturaga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga huquqni muhofaza qilish organlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun yozma so‘rov yubordi. AOKA, huquq-tartibot idoralari xodimlari jurnalistlarni so‘roqqa chaqirishda qonun talablarini buzganligini ta’kidlab, jurnalistlar, o‘z navbatida, ma’lumotlarni tekshirishlari kerakligini qo‘shimcha qildi.