Soliq qo‘mitasi E-aktiv (E-ombor) tizimidan joriy etish murakkabligi tufayli voz kechdi, dedi tashkilot raisi Sherzod Kudbiyev. U, shuningdek, mahallalarda sotiladigan preparatlar ma’lumotlarini taqdim etuvchi dorilar markirovkasi va dorilarga QQS qaytarilgandan keyingi o‘zgarishlar haqida gapirdi.
2017-yilda joriy etilgan tibbiy texnika va retseptsiz beriladigan dorilarga nisbatan narx cheklovi bekor qilinadi. Hozir cheklangan ustama distribyutorlarga 15%, dorixonalarga 20% ni tashkil etadi, u faqat retsept bo‘yicha beriladigan dorilar uchun qoladi. Shuningdek, farmkorxonalar QQS to‘lovchiga aylanadi.
Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan farmatsevtika tarmog‘iga oid rejalardan eksportni oshirish, shu bilan birga, ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga talabini qondirish o‘rin olgan. Sohani raqamlashtirish orqali narxlarni 20 foizga arzonlashtirish, ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi vakili Aleksey Teteryuk raqamli markirovkalash bilan birgalikda ko‘riladigna qo‘shimcha choralar fuqarolarni qanday qilib kontrafakt va qalbaki dori vositalaridan himoya qilishi mumkinligi haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova “Dok-1 Maks” siropi ishida ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Undan foydalanish oqibatida O‘zbekistonda kamida 69 bola halok bo‘lgandi.
Prezident qaroriga ko‘ra dorilar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi. Dorilarning teleradiokanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. Dori omborlarida zarur saqlash amaliyoti (GSP) majburiy bo‘ladi.
Prezident Eksport agentligi tarmoq va hudud rahbarlari bilan birga eksportni kreditlashga va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishini ta’minlay olmayotganini ta’kidladi. Imtiyozli shartlarda ajratilgan har 1 dollarga o‘rtacha 5 dollarlik eksport to‘g‘ri kelmoqda.
Prezident eng ko‘p iste’mol qilinadigan 50 ta dorini O‘zbekistonda ishlab chiqarish orqali farmatsevtika sohasida mahalliylashtirish ulushini 35 foizga yetkazish topshirig‘ini berdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi ulushini 40 foizga oshirish, shuningdek, original dorilar yaratishni boshlash rejalashtirilmoqda.
“Asakabank” farmatsevtika sohasida yangi loyihalarning 25 foizgacha qismiga o‘z ulushi bilan kirib, investor sifatida ishtirok etadi. Bank huzurida farmatsevtika loyihalari markazi ochilib, tadbirkorlarga yordam ko‘rsatiladi.
Ukrainaning “Yuriya-farm” farmkompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med” korxonasini YeTTB krediti hisobiga sotib oldi. “Yuriya-farm” o‘z mahsulotlarining 30 foizini eksport qilgan bo‘lsa, uning 15 foizi O‘zbekistonga yo‘naltirilgan. Kompaniya shunday yo‘l bilan eksport xarajatlarini kamaytiradi.
«Dok-1 Maks» iste’moli natijasida bolalarning hayotdan ko‘z yumgani O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida muammolar mavjudligini ko‘rsatib berdi, deya ma’lum qildi «Yuksalish» harakati. U dorilarni nazoratsiz qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish va OAVda ular reklamasini cheklashni taklif qildi.
Adliya vazirligi farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjatlar «Yagona darcha» portali orqali yuboriladi. Tegishli organ 2 kunda joyiga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qiladi va hujjatlarni tekshiruvda ishtirok etmagan xolis xodimga topshiradi.
1 iyulga qadar talab yuqori bo‘lgan 120 turdagi dori vositasini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yilga kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Buning uchun shu yilning o‘zida 300 mlrd so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchilarga bir qator imtiyozlar taqdim etish ham rejalashtirilmoqda.
Prezident ishtirokidagi mahalliylashtirish bo‘yicha yig‘ilishda farmasevtika tarmog‘ida mavjud quvvatlarni to‘liq safarbar etish va import o‘rnini to‘ldirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Davlat rahbari xomashyo olib kelib, bojxona hududida qayta ishlab, eksport qiladigan korxonalarga, apreldan boshlab, qator imtiyoz va yengilliklar berishni ham topshirdi.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilgacha dori vositalarini ishlab chiqarishni 3 barobarga oshirish vazifasi belgilandi. Shuningdek, mahalliy mahsulotlar ichki bozorning 80 foizini egallashi ko‘zda tutilmoqda. Farmasevtika sohasida rejalashtirilgan muhim o‘zgarishlar haqida.
«Bu kabi integratsiya, globalizatsiya bor ekan mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash biroz qiyin», dedi O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Qoriyev YeOII integratsiyalashuvning kamchiliklari haqida. Plyus jihatlari orasida u «katta bozor», deya ta’kidladi u.
Toshkent viloyatida Misrning Solyphar kompaniyasi yangi farmatsevtika zavodini quradi. 20 mln dollarlik investitsiya kiritilib, 120 turdagi dori mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonda «Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus» dasturi amalga oshiriladi. Bu to‘g‘risidagi hujjat Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farm agentligi va USAID tomonidan imzolandi.
Farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilish va jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqish vaqtincha to‘xtatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting