Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ularni olib chiqish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi xabar qildi.

Shu bilan birga, ayrim turdagi farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish faqat maxsus komissiya qarorlari asosida amalga oshiriladi. Farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish uchun ruxsat berish tartibi keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, aprelda hukumat yil oxiriga qadar tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo eksportini cheklagan edi.

14 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida esa prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatlarda dori vositalarining uch oylik zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi.