O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini rivojlantirish maqsadida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida «Surxon» va «G‘uzor» podstansiyalari oralig‘idagi havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi. 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Energetika vazirligining tadbirkorlarning elektr tarmog‘iga ulanishi uchun bir martalik 14,7 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovni joriy etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini kelishilmaganini ma’lum qildi. Loyihaning dastlabki versiyasida to‘lovlar kamroq miqdorda bo‘lgan, qolaversa, unda maishiy iste’molchilarning ham to‘lov qilishi nazar tutilgan edi.
Energetika vazirligi ishlab chiqqan ma’muriy reglament loyihasida quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni (maishiy iste’molchilardan tashqari) tarmoqqa ulash uchun 14,7 mln so‘mgacha miqdorda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.
Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 1-martdan gaz importi uchun belgilangan bojxona bojini bekor qilish, elektr energiyasi va gaz ulgurji bozorini shakllantirish orqali sohadagi monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.
Magistral gaz quvurlarida gaz bosimini tiklash uchun 4 yanvardan boshlab O‘zbekistonning aksariyat gaz quyish kompressor shohobchalari (AGQSH) cheklangan rejimda ishlaydi. Energetika vazirligining ta’kidlashicha, yoqilg‘i quyish shohobchalari faqat soat 5:00 dan 15:00 gacha ishlaydi.
Energetika vazirligining xabar berishicha, ASKUE tizimi iste’molchilarning 100 foizini qamraganidan so‘ng to‘liq tartibda ishlay boshlaydi. Bugungi kungacha 72% iste’molchilarga ushbu turdagi hisoblagichlar o‘rnatilgan. Ushbu tizimga to‘liq ulanish 2021 yil apreligacha rejalashtirilgan.
Elektr energiya tarmoqlaridagi uzilishlar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaat va shikoyatlar bo‘yicha energetika vaziri o‘rinbosari munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetishmovchiliklarda hududiy elektr tarmoqlari operatorining aybi yo‘q. «Aslida yo‘q narsani ular topib bera olishmaydi», — dedi u.
Sovuq ob-havo tufayli elektr energiyasi iste’molining keskin ortishi ta’minotda uzilishlarga olib keladi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon berishi ta’kidlandi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.
Energetika vazirligi Toshkent va viloyatlarda joylashgan gaz quyish shaxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu chora aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz gaz bilan ta’minlashga qaratilgan, chunki odam gavjum paytlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalarida yonilg‘i sarfi tufayli bosim kamayadi.
Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Qonun buzilishlarining asosiy qismini umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, hisoblash uskunalariga, ularning muhrlariga qasddan zarar yetkazish, shuningdek, ulardagi ko‘rsatgichlarni o‘zgartirish uchun ruxsatsiz ta’sir o‘tkazish kabilar tashkil etdi.
Deputat Rasul Kusherbayev monopolistlar inqiroz davrida «katta-katta mablag‘larga ega bo‘layotganligi»ga e’tibor qaratdi. Energetika vazirligi deputatning gaplariga e’tiroz bildirib, iste’mol bo‘yicha to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar byudjetga qaytarilishini ma’lum qildi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting