«emomali rahmon» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Markaziy Osiyoda qaror topayotgan vaziyatni muhokama qildi
23 iyun 2021, 20:38

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Markaziy Osiyoda qaror topayotgan vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali muloqotda Markaziy Osiyoda qaror topayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashib, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun yaqin muloqot va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

«Shavkat Mirziyoyev yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining tashabbuskori va arxitektori» — Tojikiston prezidenti
11 iyun 2021, 15:26

«Shavkat Mirziyoyev yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining tashabbuskori va arxitektori» — Tojikiston prezidenti

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Xo‘jand yaqinidagi «Arbob» madaniyat saroyida So‘g‘d viloyati ziyolilari va nuroniylari bilan uchrashdi. «Davlatlarimiz o‘rtasida hal bo‘lmagan masala qolmadi, o‘zaro ishonch paydo bo‘ldi. Bunday munosabatlarning tashabbuskori va arxitektori Shavkat Mirziyoyev», — dedi Emomali Rahmon.

Shavkat Mirziyoyev birinchi darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlandi — video
10 iyun 2021, 23:29

Shavkat Mirziyoyev birinchi darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlandi — video

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining birinchi kuni yakunida, Tojikistonning yuksak mukofoti — I darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlandi. Ordenni unga hamkasbi Emomali Rahmon topshirdi.

O‘zbekiston Xatlonda shifoxona, Tojikiston esa Samarqandda maktab qurib berdi
10 iyun 2021, 19:37

O‘zbekiston Xatlonda shifoxona, Tojikiston esa Samarqandda maktab qurib berdi

O‘zbekiston Xatlon viloyatida 250 o‘rinli zamonaviy shifoxona, Tojikiston esa Samarqand viloyatida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurib berdi. Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida hamkasbi Emomali Rahmon bilan ramziy tugmani bosib, ularning faoliyatiga start berdi.

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish bo‘yicha bitimni imzoladi
10 iyun 2021, 18:22

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish bo‘yicha bitimni imzoladi

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish loyihasi bo‘yicha qo‘shma aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risida, qolaversa, o‘zbek-tojik investitsiya kompaniyasi tashkil etish, sanoat va yangi texnologiyalar sohasida, tog‘-kon sanoatida hamkorlik to‘g‘risida jami 35 ta hujjatni imzoladi.

«Istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalarimiz bor». Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bilan hamkorlik haqida
10 iyun 2021, 16:34

«Istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalarimiz bor». Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bilan hamkorlik haqida

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari kengaytirilgan tarkibda muzokaralarni davom ettirdi. «Istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalarimiz bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston tomoni avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish, aviaqatnovni kengaytirish va avtobus yo‘nalishlarini tiklash, shuningdek, diplomatik munosabatlarning 30 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlarni o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

Tarixiy yaqinligimiz bugun hayotga ko‘chmoqda — Shavkat Mirziyoyev
10 iyun 2021, 14:30

Tarixiy yaqinligimiz bugun hayotga ko‘chmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Dushanbedagi «Qasri Millat» qarorgohida O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tor doiradagi uchrashuvini o‘tkazdilar. Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishga taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda Emomali Rahmon kutib oldi
10 iyun 2021, 12:47

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda Emomali Rahmon kutib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib keldi. Dushanbe xalqaro aeroportida uni mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi.

Emomali Rahmonning yordamchisi Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi
5 may 2021, 10:02

Emomali Rahmonning yordamchisi Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Abdujabbor Rahmonzoda O‘zbekistondagi Tojikiston elchisi lavozimiga tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
30 aprel 2021, 13:10

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qilishdi. Shavkat Mirziyoyev yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish va uning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlari erishgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatladi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi — OAV
13 aprel 2021, 14:43

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi — OAV

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10−12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Tojikistonning mahalliy OAVlari xabar berdi.

Emomali Rahmon Tojikistonda COVID-19 bemorlari qolmaganligini ma’lum qildi
26 yanvar 2021, 13:27

Emomali Rahmon Tojikistonda COVID-19 bemorlari qolmaganligini ma’lum qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalingan bemorlarning qolmagani haqida ma’lum qildi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan so‘nggi 15 kun ichida infeksiyaning yangi holatlari aniqlanmagani aytilmoqda.

Tojikistonda Millat yetakchisi muzeyi ochildi
22 yanvar 2021, 18:05

Tojikistonda Millat yetakchisi muzeyi ochildi

Tojikiston milliy universitetida Prezident Emomali Rahmon sharafiga «uning xalq va davlat oldidagi xizmatlarini abadiylashtirish uchun» muzey ochildi.

Emomali Rahmon beshinchi marta prezidentlik qasamyodini qabul qildi
30 oktabr 2020, 12:50

Emomali Rahmon beshinchi marta prezidentlik qasamyodini qabul qildi

Tojikistonda beshinchi marotaba Emomali Rahmonning inauguratsiyasi o‘tkazildi. So‘nggi prezidentlik saylovlarida qatnashish ko‘rsatkichi 85,39% ni tashkil qildi va Emomali Rahmon 90,92% ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni qayta saylangani bilan tabrikladi
12 oktabr 2020, 17:26

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni qayta saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidentini saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Tomonlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

Emomali Rahmon nomzodi Tojikiston prezidentlik saylovlariga qo‘yildi
27 avgust 2020, 13:01

Emomali Rahmon nomzodi Tojikiston prezidentlik saylovlariga qo‘yildi

Tojikiston Mustaqil kasabalar uyushmasi federatsiyasi mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonni 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ilgari surdi. Yana 4 ta siyosiy partiyalar ham o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting