Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10−12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘ladi, deya xabar berdi «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbasiga asoslangan holda.

Davlat rahbarlari o‘zbek-tojik munosabatlarining barcha sohalardagi istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda. Tashrif yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida transport, energetika, savdo, moliya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va ilm-fan sohalarida yangi shartnomalar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.

Dushanbega tashrif doirasida ikki davlat san’at ustalarining qo‘shma konserti — «Shomi do‘sti» (Do‘stlik oqshomi) ham bo‘lib o‘tadi.

Bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti sifatida Tojikistonga to‘rtinchi tashrifi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2018 yil mart oyida, so‘ng 2018 yil sentabr oyining oxirida (MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi), 2019 yil 14 iyunda (Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiyaning beshinchi sammiti) Tojikistonga davlat tashrifi bilan borgan edi.