Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 22 yanvar kuni Dushanbedagi Tojikiston milliy universiteti (TMU) da «Millat yetakchisi» muzeyini ochdi, deb xabar berdi Asia-Plus.

Muzey universitet ilmiy kengashining qarori bilan «Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi Emomali Rahmonning uning xalq va davlat oldidagi xizmatlarini abadiylashtirishiga bag‘ishlangan holda» tashkil etilganligi qayd etildi.

Tojikiston prezidenti matbuot хизматинингxabar berishicha, muzeyda Emomali Rahmonning talabalik hujjatlari, talabalik davriga bag‘ishlangan fotosuratlar, aksessuarlar va boshqa materiallar kabi eksponatlar mavjud.

Emomali Rahmon 1977−1982 yillarda TMUning Iqtisodiyot fakultetida tahsil olgan.