«davlat xizmatchilari» tegli maqolalar


22 dekabr 2021, 17:39

Deklaratsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin 3 oy muhlat beriladi — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvaridan joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan bo‘lsa ham, katta ehtimol bilan, yil oxirigacha qabul qilinmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim baribir yangi yildan ishga tushiriladi va davlat xizmatchilariga deklaratsiyalarni tayyorlash uchun aprelgacha vaqt berish rejalashtirilgan.

10 dekabr 2021, 18:49

Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi lozim. Davlat tashkilotlarida barcha xodimlarga ish joyida ularning siyosiy va mafkuraviy qarashlarini yoki dinga munosabatini aks ettiruvchi liboslarda bo‘lish yoki belgilarni taqib yurish taqiqlanadi.

7 dekabr 2021, 15:00

Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlar qanday mashinada yurishadi?

«Gazeta.uz» yirik vazirlik va idoralarning xizmat avtomashinalari parkini tahlil qilib, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari qanday avtomobillardan foydalanishini aniqladi. Vazirlar orasida Mercedes-Benz, ularning o‘rinbosarlari orasida esa Malibu va Captiva eng ommabop avtomobil bo‘lib chiqdi. Hokimlar eng ko‘p Toyota avtomobillarida yurishar ekan.

3 dekabr 2021, 23:03

3 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilingani, korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilgani, elektr energiyadagi o‘chishlar Toshkentda yana suv ta’minoti uzilishiga sabab bo‘lgani, Toshkent havosining ifloslanish darajasi yana keskin ko‘tarilgani — «Gazeta.uz»ning 3 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

3 dekabr 2021, 21:18

Davlat xizmatchilari oladigan sovg‘alar miqdori qat’iy belgilanmoqda — Antikorrupsiya agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashishi agentligining xabar berishicha, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga davlat xizmatida sovg‘a olish-berish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Sovg‘a siyosati» nomli alohida bob kiritildi. Shuningdek, agentlik direktori Akmal Burhonov Toshkent shahar hokimligiga Mercedes-Benz sovg‘a qilinishida qonun buzilishi holati bo‘lmaganini aytdi.

26 oktabr 2021, 16:42

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat ta’tili uzaytirilishi kutilmoqda. Yangi Mehnat kodeksi loyihasida mehnat ta’tili bo‘yicha qator o‘zgarishlar o‘rin olgan.

7 iyul 2021, 10:12

Davlat xizmatchilari daromadlari deklaratsiyasi 1 yanvardan joriy etiladi

2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Ularga xorijda bank hisobraqamlarini ochish taqiqlanadi. Manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish va oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmaganlik uchun javobgarlik joriy qilinadi.

29 iyun 2021, 15:56

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari soni 30 foizga qisqartiriladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Davlat apparati hajmini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruvning davlat organlari tuzilmasining optimallashtirilishi, takrorlanadigan va keraksiz funksiyalarning yo‘q qilinishi, shuningdek, davlat apparatini saqlash uchun byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keladi.

23 iyun 2021, 14:31

2022 yildan davlat xizmatchilarining daromadlari majburiy deklaratsiya qilinishi mumkin

2022 yil boshidan davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi kutilmoqda. Bunda faqat 2022 yil 1 yanvardan so‘ng orttirilgan mol-mulkning kelib chiqish manbasi tasdiqlanadi. Deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting