«damas» tegli maqolalar


Qamchiq dovonida DAF va Damas mashinalari YTHga uchradi
22 aprel 2023, 11:26

Qamchiq dovonida DAF va Damas mashinalari YTHga uchradi

Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi boshqaruvi yo‘qotilib, o‘rta temir to‘siqqa urildi. Undan qochgan Damas esa xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga olib ketildi.

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi
28 fevral 2023, 10:15

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi

Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillari uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi
16 dekabr 2022, 16:05

UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillari uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi

Cobalt va Lacetti`dan keyin UzAuto Motors kompaniyasi Damas va Labo avtomobillari bo‘yicha shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Ayni paytda xaridorlar uchun budjetli avtomobillardan faqat yetkazib berish muddati 2023 yil 31 dekabr bo‘lgan Onix mavjud.

Toshkentda yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagan Matiz haydovchisi YTH sodir etdi
24 avgust 2022, 23:19

Toshkentda yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagan Matiz haydovchisi YTH sodir etdi

Toshkent halqa yo‘lida 5-yo‘nalishda qatnovchi SAZ LE60 avtobusi, Damas va Matiz to‘qnashdi. Avtobusning ikki yo‘lovchisi, Damas yo‘lovchisi va Matiz haydovchisi jarohatlandi. YTHga Matiz yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Samarqand viloyatida Damas avtomobilida 18 yo‘lovchi tashildi
5 avgust 2022, 20:53

Samarqand viloyatida Damas avtomobilida 18 yo‘lovchi tashildi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida to‘xtatilgan Damas avtomobilida 18 nafar yo‘lovchi — kattalar va bolalar olib ketilayotgani aniqlandi.

Farg‘onada 22 yoshli Damas haydovchisi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi: 2 kishi o‘ldi, 2 kishi jarohatlandi
14 iyul 2022, 20:08

Farg‘onada 22 yoshli Damas haydovchisi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi: 2 kishi o‘ldi, 2 kishi jarohatlandi

Farg‘onada quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Surxondaryoda Damas avtomashinasida 25 bola tashilayotgani aniqlandi
10 iyun 2022, 23:58

Surxondaryoda Damas avtomashinasida 25 bola tashilayotgani aniqlandi

Termiz tumanida Damas avtomashinasidan bolalar bog‘chasi mikroavtobusi sifatida foydalanilayotgani aniqlandi. Mikrovenda 25 bola tashilgan. Mashina old oynalarga parda tortilgani uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.

2025 yilgacha «Tez yordam»dagi «Damas”lar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi
18 mart 2022, 11:58

2025 yilgacha «Tez yordam»dagi «Damas"lar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi

2022−2025 yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha «Damas» va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi. Jumladan, reanimatsiya mashinalari ham olib kelinadi. Buning uchun 65 mln dollar jalb qilinadi.

Toshkentda Damas to‘rt o‘quvchini urib yubordi. Ulardan biri shifoxona yo‘lida vafot etdi
3 oktabr 2021, 21:45

Toshkentda Damas to‘rt o‘quvchini urib yubordi. Ulardan biri shifoxona yo‘lida vafot etdi

Toshkentning Yangihayot tumanida Damas avtomobili tezlikni oshirib, yo‘l chetida turgan to‘rt o‘quvchini urib yubordi. Ulardan biri shifoxona yo‘lida vafot etdi, qolganlari jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatidagi YTHlarning 5 tadan bittasi Damas ishtirokida bo‘lmoqda
13 sentabr 2021, 19:50

Toshkent viloyatidagi YTHlarning 5 tadan bittasi Damas ishtirokida bo‘lmoqda

Toshkent viloyatida joriy yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning 21%ini Damas rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlangan. Mazkur YTHlar oqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan.

Surxondaryoda tez tibbiy yordam uchun 5 ta Damas sotib olindi. SSV ushbu xizmatga Damas sotib olinmasligini aytgan edi
12 iyul 2021, 11:12

Surxondaryoda tez tibbiy yordam uchun 5 ta Damas sotib olindi. SSV ushbu xizmatga Damas sotib olinmasligini aytgan edi

Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi iyul oyida kamida beshta Damas-2 D13 avtomashinalarini xarid qilgan. SSV o‘rinbosari Amrillo Inoyatov o‘tgan yilning oxirida Damas rusumidagi avtomobillarni tibbiyot uchun sotib olish to‘xtatilganini aytgan edi.

1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi
19 may 2021, 12:18

1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi

Prezident topshirig‘iga binoan 1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy rusumli tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi. Hozir hududlarda 850 ta xizmat muddatini o‘tagan Damas tez tibbiy yordam mashinalari mavjud.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting