Internetda, jumladan, OLX savdo maydonchasida Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas avtomobillarini sotish bo‘yicha shartnomalar haqidagi e’lonlar tarqaldi. Sotuvchilar puli to‘lanmagan shartnomalarni “avtomobilni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va’dasi” bilan “sotib olishni” taklif qilishdi.

uzauto motors, cobalt, lacetti, damas

UzAuto Motors potensial xaridorlarni “shartnomalarni sotib olish bo‘yicha shubhali takliflarni” qabul qilmaslikka chaqirdi.

Kompaniya shartnoma UzAvtoSavdo tizimi tomonidan avtomatik tarzda tuzilishi, undagi ma’lumotlarni na xaridor, na diler tomonidan o‘zgartirish imkoni yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi. Qolaversa, avtomobilni olgan so‘ng, tizim xaridorning ishtirokida davlat raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish Yo‘l-harakati xavfsizligi davlat xizmatiga (YHXDX) elektron hisob-fakturani yuboradi.

“Ayrim shaxslar uchun oldindan to‘lovning kamaytirilganligi, shuningdek shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkonini beruvchi qulay tizimning joriy etilishi avtomobilni shaxsiy foydalanish uchun emas, balki faqat tijorat maqsadlarida (qayta sotish) sotib olish uchun ishlatila boshlandi”, — deyiladi xabarda.

UzAuto Motors agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, har bir keyingi avtomobil “navbatning” oxiriga o‘tishi hamda avtomobillarni yetkazib berish muddati 120 kunga oshishini eslatib o‘tdi.

“Keyinchalik bir kishi tomonidan bir nechta avtomobillarni sotib olish amaliyoti takrorlangan taqdirda, kompaniya iste’molchilar uchun avtomobillar mavjudligini ta’minlash maqsadida ushbu muddatni 270 kungacha uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda”, — deya ma’lum qildi kompaniya.

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni, yetti oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, avtomobil ishlab chiqaruvchisi Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnomalar berishni qayta tiklab, yangi komplektatsiyalarni taqdim etgan edi. Ko‘pgina avtosalonlarda ushbu mashinalarni sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun uzun navbatlar paydo bo‘ldi. 5-avgust kuni esa kompaniya 2023-yil uchun qo‘shimcha partiya to‘liq shartnoma tuzilganini e’lon qildi.