Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining 2024-yildagi ichki bozorga yo‘naltirilgan hajmi uchun shartnomalar tuzib bo‘lindi, deya xabar bermoqda UzAuto Motors matbuot xizmati.

cobalt, damas, labo, uzauto motors

“25−27-dekabr kunlari ommabop avtomobillar kontraktatsiyasi davrida UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda jami 171 ming 200 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli tuzildi. UzAutoSavdo onlayn savdo tizimida 7000 kiberhujum kuzatildi. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 3 mln dan ortiq faol seanslar qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiyani 22-dekabr kuni soat 12:00 da ochishi xabar qilingandi. Kontraktatsiya ochilganidan so‘ng UzavtoSavdo tizimi kiberhujumlarga uchradi va ishlamay qolgan. 25-dekabr kuni soat 14:00 da u qayta ochilgandi.