2024-yildan bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manziliga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yish tizimi joriy qilinadi. Maktablarning har o‘quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz platformasida shakllantiriladi. Shuningdek, direktorlar ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadigan bo‘ladi.
Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milishga borib, cho‘kib ketdi. Ulardan birining murdasi topilgan, qolgan ikki bola qidirilmoqda.
“Mehribonlik korpusi” va MakGovern-Doul dasturi tomonidan Surxondaryo va Qoraqalpog‘istondagi 58 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitob burchaklari ochildi. Ushbu muassasalarga to‘rt tilda salkam 5800 ta kitob hadya qilingan.
O‘zbekiston prezidenti bolani xorijda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilovchi tuzatishlar aks etgan qonunni imzoladi.
Senatorlar bolani xorijda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirishlarni ma’qulladi.
Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” bu xastalikdan davolanayotgan bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashdi. “Boshida „yaxshi yuribdi-ku“, deya e’tibor bermagandim”, deb afsuslanadi ular. Umidi so‘nmagan. Ayni damda, bu sinov hayotga qarashlarini ham o‘zgartirganini tan oladi.
Qor — mintaqaga muammolar keltirganiga qaramay, bolalar xotirasida quvonchli onlar sifatida qoldi. Tashqari sovuq, lekin ular hovlilarda qordan odam yasab, qorbo‘ronlar o‘ynashdi. Ko‘pdan beri ishlatilmagan chanalarda uchishdi. «Gazeta.uz» sovuqdan qizargan yonoqlar va quvonchli tabassumlarni kameraga muhrladi.
SSV tarmoqlarda bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga zidligini ma’lum qildi. «COVID-19`ga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgandi», — deyiladi xabarda. Vazirlik 15 dekabrdan buyon kasallanishlar statistikasini e’lon qilmay qo‘ydi.
Respublikada 19 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etgandi. Hozirda Respublika shoshilich tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limida yana 10 nafarga yaqin bola shamollash asoratlari bilan yotibdi. Ular faqat «Dok-1 Maks» emas, balki «Sinepar Kid», «Ambronol» kabi dorilarni ham qabul qilgan.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Nexia-2 ag‘darilib, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yubordi. Oqibatda bolalardan biri tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Kasaba uyushmalari federatsiyasida bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma va departament ochiladi. Uyushma a’zolarining farzandlari dam olishi uchun xarajatlarning 600 ming so‘mi shu jamg‘armadan qoplanadi. Mahalliy budjetning prognozdan ortgan qismidan 10 foizi har chorakda jamg‘armaga o‘tkaziladi.
Deputat va senatorlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakillari bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish to‘siqlarini muhokama qildi. Huquqiy mexanizmlarni bolalar uchun moslashtirish va ularga nisbatan qamoq jazosini so‘nggi chora sifatida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi.
Namanganning Chust tumanidagi bog‘chaga kelgan 5 yoshli tarbiyalanuvchi uyqudan turayotgan vaqtida tilini chaynab yuborganligi tufayli vafot etdi. Xorazmning Xonqa tumanidagi bog‘chada esa 5 yoshli bolakay tushlikdan so‘ng, mazasi qochib, vafot etdi. Mazkur holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Rossiyaning turli shaharlarida ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan 19 bola O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Bolalarni yozgi oromgohlarda dam oldirish tadbirlariga 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, deb ma’lum qildi XTV. 1131 ta oromgoh bilan 297 mingdan ortiq bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Qolaversa, besh tashabbus doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga 1,2 mlndan ortiq o‘quvchi jalb etiladi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Senat bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, iqtidorli bolalar qonunlar qabul qilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekistonda qariyb ikki yildan beri o‘smirlar salomatligi va farovonligini himoya qilish strategiyasi loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu vaqtda esa yo‘l-transport hodisalarida bolalar o‘limi hamda qiz va o‘g‘il bolalar orasida suitsid chidab bo‘lmas darajada yuqoriligicha qolmoqda, bu shoshilinch kompleks choralar ko‘rishni talab etadi, degan fikrda mutaxassislar.
Maktabgacha ta’lim vazirligi ma’lum qilishicha, 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilish pullik xizmat ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladi. Bog‘cha rahbari va ota-ona o‘rtasida shartnoma tuziladi, bola 3 yoshga to‘lgach shartnoma bekor qilinadi. 2 yoshli bolalar guruhi dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin ham ishlashiga ruxsat beriladi.
Qibray tumanidagi 29-maktabda o‘quvchi qizlar sovuq havo bo‘lishiga qaramay, yupun kiyimda mehmonlarni kutib olishga chiqarildi. Toshkent viloyat XTB tadbir maktab tomonidan emas, balki «Oltin meros» xayriya fondi va «Yangi yo‘l» mahallasi tomonidan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan maktab rahbariyatiga esa chora ko‘rilishi aytildi.
O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jami 280 140 nafari koronavirusga qarshi to‘liq vaksina kursini olgan. Bu umumiy emlanishlarning 5 foizini tashkil qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting