Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 bola va 5 nafar hamrohlik qiluvchi guruh O‘zbekistonga yetib keldi, deya ma’lum qildi mamlakatning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko.

Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporoje, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyevdan kelgan bolalar 12 kun davomida Anor tog‘ oromgohida dam oladi.

“Milliy an’analar asosidagi qabul ta’sirli va samimiy tarzda o‘tdi”, — deb yozdi Ukraina diplomatik missiyasi rahbari bolalar oromgohda qanday kutib olingani aks etgan suratlarni joylashtirgan holda.

“Ukraina elchixonasining bolalarga psixologik muvozanatni tiklash, Ukraina shaharlariga har kuni amalga oshirilayotgan havo trevogalari va raketa hujumlarini unutishga yordam berish haqidagi murojaatiga mehr bilan javob bergan O‘zbekiston biznes va jamoat tashkilotlari vakillariga katta rahmat”, — deya qo‘shimcha qildi elchi.