«aviareyslar» tegli maqolalar


O‘zbekistondan Qatarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi
22 avgust 2023, 11:37

O‘zbekistondan Qatarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi

21-avgust kuni EASYBOOKING kompaniyasi Centrum Air hamkorligida Toshkent-Doha (Qatar) yo‘nalishida ilk parvozni yo‘lga qo‘ydi. A-320 samolyotining birinchi yo‘lovchilari orasida “Navbahor” klubining muxlislari ham bor. Shuningdek, EASYBOOKING dastlabki 3 reys yo‘lovchilariga Qatar vizasini bepul taqdim etmoqda.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Rossiyaning Blagoveshchensk shahriga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21 iyul 2023, 16:23

Uzbekistan Airways Toshkentdan Rossiyaning Blagoveshchensk shahriga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

19-avgustdan Toshkent-Blagoveshchensk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Parvozlar har hafta shanba kunlari amalga oshiriladi.

S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklaydi
25 mart 2023, 16:57

S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklaydi

5 maydan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutsk-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Qatnovlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi
7 mart 2023, 10:09

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyi oxiridan Moskvadan Toshkent va Samarqandga charter reyslarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi
2 mart 2023, 16:42

Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Daniyaning Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya boshida haftasiga 6 marta reyslarni amalga oshiradi. Ilk parvoz 20 martga belgilangan.

Sian-Toshkent-Sian to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi yo‘lga qo‘yiladi
9 fevral 2023, 12:42

Sian-Toshkent-Sian to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi yo‘lga qo‘yiladi

Xitoy aviakompaniyasi Siandan Toshkentga aviaparvozlarni 10 fevraldan tiklamoqda. Reyslar 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtab qolgandi.

1-fevraldan umra safariga aviareyslar har kuni amalga oshiriladi
26 yanvar 2022, 11:38

1-fevraldan umra safariga aviareyslar har kuni amalga oshiriladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 1-fevraldan boshlab Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan aviareys amalga oshirilishini ma’lum qildi. 10-fevraldan esa har kuni 2 tadan, Ramazon oyi davomida esa har kuni 3 tadan avia qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Chorshanba kuni Istanbulga amalga oshiriladigan reyslar bekor qilindi
26 yanvar 2022, 10:42

Chorshanba kuni Istanbulga amalga oshiriladigan reyslar bekor qilindi

Kuchli qor yog‘ishi oqibatida Istanbul xalqaro aeroporti faoliyati to‘liq to‘xtatilgan. Shu sababli Uzbekistan Airways 26 yanvar kungi Toshkent — Istanbul — Toshkent hamda Istanbul — Farg‘ona — Istanbul yo‘nalishidagi reyslarni bekor qildi.

5 oktabrdan Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga aviareyslar soni oshiriladi
23 sentabr 2021, 12:45

5 oktabrdan Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga aviareyslar soni oshiriladi

5 oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar oshiriladi. Bunda Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4 tagacha reys, Moskva — Samarqand, Buxoro bo‘yicha haftasiga 2 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

“Qatar Airways” O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
8 sentabr 2021, 18:57

“Qatar Airways” O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Qatar aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Mvzkur havo qatnovini “Qatar Airways” aviakompaniyasining besh turdagi samolyotlari amalga oshiradi.

Air Astana O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
9 iyun 2021, 13:27

Air Astana O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasiga Turkiston — Toshkent — Turkiston va Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishlarida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Ukraina aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarini amalga oshiradi
6 aprel 2021, 12:25

Ukraina aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarini amalga oshiradi

Ukrainaning MAU aviakompaniyasi 8 apreldan 29 aprelgacha Kiyevdan Toshkentgacha va Toshkentdan Kiyevgacha charter reyslarini amalga oshiradi.

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
9 fevral 2021, 23:10

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Oldinroq, Farg‘onaga ham reys ochilgan edi. Qolaversa, endi Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovi ham amalga oshiriladi.

Yangi koronavirus aniqlangan davlatlar bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati uzaytirildi
11 yanvar 2021, 16:14

Yangi koronavirus aniqlangan davlatlar bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati uzaytirildi

Yangi koronavirus aniqlangan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati 1 fevralgacha uzaytirildi.

21 dekabrdan qator davlatlarga aviareyslar to‘xtatildi
22 dekabr 2020, 10:34

21 dekabrdan qator davlatlarga aviareyslar to‘xtatildi

21 dekabrdan 10 yanvarga qadar O‘zbekiston Yevropaning 6 ta hamda Avstraliya va JAR bilan aviareyslarni to‘xtatmoqda. Bunga ushbu davlatlarda yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi sabab bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting