Umra safarini amalga oshirish maqsadida 1 fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys amalga oshiriladi.

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov “O‘zbekiston 24” telekanalida bergan intervyusida ma’lum qildi.

“10 fevraldan esa har kuni 2 ta reys va Ramazon oyi davomida har kuni 3 tadan reys amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Ziyoratchilarni kuzatish jarayonlari onlayn efirga uzatib boriladi.

Avvlroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy umra mavsumida ilk reyslar 22, 25 va 28 yanvar kunlari amalga oshirilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Saudiya qirolligida joriy qilingan 15 foiz QQS hamda o‘zgartirilgan karantin choralari umra to‘lovi oshishiga ta’sir etganini aytgandi.