Prezident farmoni bilan ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida aviareyslar va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Hujjat bilan bir oy muddatda yaqinda ochilgan Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona reysiga qo‘shimcha tarzda, Termiz-Urganch-Termiz hamda Qarshi-Urganch-Qarshi aviareyslarini yo‘lga qo‘yish va Andijon-Xiva-Andijon temir yo‘l qatnovi sonini oshirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 aprelga qadar Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Farmon bilan aviareyslarni va temir yo‘l qatnovlarini, shuningdek, Toshkent shahridan Buxoro, Nukus, Termiz va Urganch shaharlari hamda Farg‘ona vodiysiga qatnov yo‘nalishlari bo‘yicha aviareyslarni subsidiyalash ham nazarda tutilmoqda.

Kelgusida subsidiyalash mexanizmini qo‘llagan holda boshqa avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilgan.