Kuchli qor, ko‘rishning yetarli darajada emasligi sababli Istanbul xalqaro aeroporti faoliyati to‘liq to‘xtatilgan.

Shu munosabat bilan, «Uzbekistan Airways» faqat 26 yanvar kuni bajarilishi rejalashtirilgan HY — 271/272 Toshkent — Istanbul — Toshkent va HY 277/278 Istanbul — Farg‘ona — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha reyslari bekor qilinganini xabar berdi.

«Bekor qilingan parvozlar yo‘lovchilari chiptaning to‘liq qiymatini sotib olingan joyda qaytarish yoki 27-yanvar kuniga yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin har qanday kunga bepul ko‘chirish huquqiga egadirlar», — deyiladi xabarda.