5 maydan boshlab Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi uzoq tanaffusdan so‘ng Irkutsk-Farg‘ona-Irkutsk yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.

Reyslar Boeing 737−800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda S7 Airlines aviakompaniyasi Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro aeroportlariga parvozlarni amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishdagi parvozlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.

Ma’lumot uchun, S7 Airlines — shtab-kvartirasi Novosibirskda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi. U Rossiyadagi eng yirik xususiy aviatashuvchi bo‘lib, 26 mamlakatning 180 dan ortiq shahriiga yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshiradi.