“Qatar Airways” O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi, deya xabar berdi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Qatarning “Qatar Airways” aviakompaniyasiga 7 sentabrda 13-K sonli Doxa-Toshkent-Doxa yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boing 777 va Boing 787 havo kemalarida amalga oshiradi.

Aprel oyi avvalida Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.