«alisher qodirov» tegli maqolalar


Mening munosabatlarim noto‘g‘ri talqin qilinadi — Alisher Qodirov
7 iyun 2021, 13:01

Mening munosabatlarim noto‘g‘ri talqin qilinadi — Alisher Qodirov

Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov turli mavzularda qilgan munosabatlari «mutlaqo boshqacha talqin qilinishi»ni ta’kidladi. Deputatning fikriga ko‘ra, «o‘zbek segmenti bilan rus segmentiga qaraganda dialog qilish osonroq». «Men rusiyzabon auditoriya bilan oxirigacha kelisha olmayapman. Menda dialog o‘xshamayapti. Men buning ustida ishlamoqdaman», — deydi u.

Biz san’atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz — Alisher Qodirov
3 may 2021, 10:21 1

Biz san’atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Toshkentdagi “G‘alaba qo‘shiqlari” deb nomlangan konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganini haqorat va provokatsiya deb atadi. U Bosh prokuraturani vaziyatni baholashga chaqirdi.

«Amaldorlar orasida hali ham shovinistlar bor» — Rasul Kusherbayev davlat tilini isloh qilish to‘g‘risida
29 aprel 2021, 15:24

«Amaldorlar orasida hali ham shovinistlar bor» — Rasul Kusherbayev davlat tilini isloh qilish to‘g‘risida

Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, o‘zbek tili faqat davlat bilan ishlaydiganlar uchun majburiy bo‘lishi kerak. Parlament a’zosi, shuningdek, jamiyatda til bilan bog‘liq diskriminatsiya mavjudligini tan oldi va rasmiylar orasida vaziyatga shovinistik nigoh bilan qaraydiganlar hali ham borligini ta’kidladi.

Davlat idoralariga murojaat o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif Qonunchilik palatasida ma’qullanmadi
28 aprel 2021, 12:50

Davlat idoralariga murojaat o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif Qonunchilik palatasida ma’qullanmadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston davlat idoralariga murojaat davlat tili — o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif maqullanmadi. Deputat Doniyor G‘aniyev davlat tili o‘z nomi bilan davlatning fuqarolar bilan rasmiy muloqot tili bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u davlat tili to‘g‘risidagi qonunning ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini ishlab chiqish kerakligini aytdi.

“Bir tilni barcha uchun majburiy “xalq tili”ga aylantirishdan tiyilaylik” — Rasul Kusherbayev
21 aprel 2021, 11:34

“Bir tilni barcha uchun majburiy “xalq tili"ga aylantirishdan tiyilaylik” — Rasul Kusherbayev

“Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi Alisher Qodirov davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi hech qaysi millat vakilini kamsitmasligini, “lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak"ligini ta’kidladi. Deputat Rasul Kusherbayev masala faqatgina davlat tilida ish yuritish haqida ketayotganligini eslatdi. “Ko‘p millatli mamlakatda davlat tili masalasini faqat qaysidir millat taqdiri bilan bog‘layverish noto‘g‘ri”, — deydi u.

O‘zbekning bolasi o‘zbek qadriyatlari bilan tarbiya ko‘rsin, savodini o‘zbek tilida chiqarsin — Alisher Qodirov
16 aprel 2021, 08:47 1

O‘zbekning bolasi o‘zbek qadriyatlari bilan tarbiya ko‘rsin, savodini o‘zbek tilida chiqarsin — Alisher Qodirov

Qonunchilik palatasi vitse-spikeri Alisher Qodirov o‘zbeklarning yangi avlodi ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zligini anglamaydigan, ona tilini bilmaydigan holda voyaga yetayotganini fojia deb atadi.

OTM tarbiya maskani emas. Talaba faqat bilim olish uchun kelishi lozim — Alisher Qodirov
10 mart 2021, 15:56 1

OTM tarbiya maskani emas. Talaba faqat bilim olish uchun kelishi lozim — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov OTMlarda tarbiya masalasi jaryondan uzilishi kerakligini ta’kidlamoqda. «Oliy ta’lim tarbiya maskani emas. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim», — dedi u.

«So‘z erkinligi jamiyat rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak» — Alisher Qodirov
22 fevral 2021, 17:10

«So‘z erkinligi jamiyat rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak» — Alisher Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov «erkin so‘z qanchalar erkin bo‘lmasin jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak», degan fikrda. U «xalq ishonchi bilan vakolatga ega bo‘lgan hokimiyatga qarshi kurashishga chaqiradigan so‘z huquqbuzarlik sifatida baholanishi va jazolanishi zarur» ekaniga ishora qildi.

Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin
15 fevral 2021, 10:34

Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

Qonunchilik palatasining ikki partiyasi tomonidan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda «Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilashga oid normalar kiritish birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Bu g‘oyalar ostida O‘zbekistonga yomonlik yotibdi — Alisher Qodirov xorijdan avtomobil olib kelish taklifi haqida
10 dekabr 2020, 13:12 2

Bu g‘oyalar ostida O‘zbekistonga yomonlik yotibdi — Alisher Qodirov xorijdan avtomobil olib kelish taklifi haqida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov UzAuto Motors`ga oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan fikr bildirdi. U Jahon savdo tashkilotiga a’zolik orqali raqobat muhitini shakllantirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidladi. “Shu fikrga kelish uchun shuncha shovqin, shuncha populizm… Kimlardir mashhurroq bo‘lgandir, O‘zbekiston yutmadi”, — dedi u.

«Uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘q» — Alisher Qodirov
19 noyabr 2020, 14:39

«Uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘q» — Alisher Qodirov

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘qligi, borining ham 60 foizga yaqini talab darajasida emasligini ta’kidladi. «Farzandlarimizni fiziologik-depressiv holatini yuzaga kelishini hisobga olsak, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabati keskinlashishi, maktabga jinoyatni kirib kelgani bu — albatta ovqatlanish bilan bog‘liq masala», — dedi Alisher Qodirov.

Alisher Qodirov xorijdan vatandoshlarni olib kelishni to‘xtatishni taklif qildi
21 iyul 2020, 15:27

Alisher Qodirov xorijdan vatandoshlarni olib kelishni to‘xtatishni taklif qildi

«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov Isroil tajribasiga suyangan holda xorijdan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirishni taklif qildi. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev xorijda qolgan barchani qaytarishga va’da bergan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting