O‘zbekistonda tariflar oshganidan so‘ng gaz quyish shoxobchalaridagi narxlar 3250 so‘mgacha cheklangan taqdirda ham AGTKSHlar kiritgan sarmoyasini qaytara oladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri. Tadbirkorlardan biri bu narx bilan ishlay olmasligi mumkinligini aytdi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.
Yanvarda O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 614 ta holat aniqlandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Xususan, AGTKSlarda 20 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularda 76,8 mlrd so‘mlik gazdan foydalanilgan.
Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Narmatov gaz hajmini o‘lchagichlarni ulanish nuqtasiga olib chiqishi kerak bo‘lgan, lekin bu talabni bajarmagan AGTKSHlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi, Prezident qaroridagi punktlarni bajarmagan shahobchalar o‘chirib qo‘yilishi haqida ogohlantirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting