Yanvar oyida O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan 614 ta holatda umumiy qiymati 85 mlrd so‘mlik 85 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari qayd etilgan:

  • Buxoro viloyatida — 37,9 mln kub metr (37,8 mlrd so‘m);
  • Qashqadaryoda — 25,1 mln kub metr (25 mlrd so‘m);
  • Toshkent viloyatida — 13,2 mln kub metr (13,2 mlrd so‘m);
  • Navoiyda — 3,5 mln kub metr (3,6 mlrd so‘m);
  • Farg‘onada — 1,3 mln kub metr (1,2 mlrd so‘m).

Shuningdek, 20 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida gazdan noqonuniy foydalanish natijasida 76,8 mlrd so‘mlik zarar aniqlangan. 30 holatda — issiqxonalarda (1,2 mlrd so‘m), 39 holatda — ishlab chiqarish korxonalarida (1,9 mlrd so‘m), 164 holatda — umumiy ovqatlanish korxonalarida (0,7 mlrd so‘m).

Yig‘ilgan ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Energetika vazirligi yanvar oyida O‘zbekistonda 33 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan 5,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 511 ta holat aniqlangani haqida ma’lum qilgan edi.